So’nggi yangiliklar

18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  0 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  0 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  2 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  5 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2 16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  4 16:03"Насаф" 3 та позицияга легионер олиб келади  7 15:41Ҳожимат Эркинов собиқ клуби ҳакамларни сотиб олишда айбланиб чемпионатдан четлаштирилди  5 15:15Суперлига-2025. Биринчи даврада мураббийлар томонидан айтилган фикрлардан сара иқтибослар   2 15:01"Олимпик" вакиллари 2 ойдан бери маош олишмаяпти  3 14:53"Олимпик"ка бош мураббий тайинланди  7 14:33Маскерано: "Мен учун Месси – футбол тарихидаги энг яхши футболчи"  12 14:05ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди  22 13:43"Шўртан" 4 нафар футболчиси билан хайрлашди  2

Sergey Lushan: “Hujumchi muammosi kecha yoki bugun paydo bo'lgani yo'q” Yangiliklar

Sergey Lushan: “Hujumchi muammosi kecha yoki bugun paydo bo'lgani yo'q”

“Persepolis” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “qaldirg'ochlar” ishtirok etishdi.
- Tehronga tarkib borasida xaddan ziyod muammolar bilan etib keldik. O'n nafar futbolchimiz yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan va ular jahon chempionatiga hozirlik ko'rishmoqda. Bir qator futbolchilarimiz jarohat olishgan. Ikki nafar o'yinchimiz kartochkalar bilan bog'liq muammolar tufayli o'yinda qatnasha olishmaydi. Lekin bu muammolar bizga bahona bo'lmaydi. Mavjud tarkib bilan bor etiborimizni o'yinga qaratganmiz va “Persepolis”ni mag'lubiyatga uchratish uchun harakat qilamiz, - deb gap boshladi Sergey Ivanovich.

- “Bunyodkor” ortda qolgan beshta uchrashuvda bitta gol urdi. Ushbu muammoni bartaraf etish nima qilmoqchisiz va ushbu qora ananaga ertaga chek qo'ya olasizlarmi?
- Hujumchi muammosi kecha yoki bugun paydo bo'lgani yo'q. Ushbu kamchilik o'tgan yildan buyon davom etib kelmoqda. Bugungi kunda yaxshi hujumchi sotib olish uchun kattagina mablag'dan voz kechish kerak. Biz yuqori saviyadagi hujumchini o'zimiz tarbiyalamoqchimiz. Hozirgi paytga kelib “Bunyodkor”ning bosh maqsadi – asosiy tarkibning 80-90 foiz futbolchisini o'z tarbiyalanuvchilari hisobiga to'ldirishga qaratilgan. Bu borada poydevor o'rnatilgan bo'lib, ilk hosil ham yig'a boshlandi.

Yoshlarni g'oliblik ruhida tarbiyalash uchun mana yonimda o'tirgan Akmal SHorahmedovdek tajribali futbolchilarimizning yordami katta bo'lyapti. Umidli yoshlarimiz ko'p. Yana bir narsa. CHempionlar ligasi doirasidagi o'yinlarimiz yomon chiqmayapti. Xohish bor, istak bor, xatto golli vaziyatlar ham etarli darajada. Faqat ulardan unumli foydalanishda nimadir etishmayapti. Boshimizni egib, qo'lni siltab ketadigan insonlardan emasmiz. Aksincha ishlashda davom etib, muammolarni bartaraf etgan holda natija ko'rsatishga harakat qilamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика