So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  18 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  72 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  68

Sergey Lushan: "G'alaba futbolchilarniki, mag'lubiyat esa meniki" Yangiliklar

Sergey Lushan: "G'alaba futbolchilarniki, mag'lubiyat esa meniki"

“Olmaliq” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyin matbuot anjumani tashkil etilmadi. SHunga qaramasdan, “qaldirg'ochlar” ustozi Sergey Lushanning fikrlari bilan qiziqdik.
- G'alaba qozonganimizdan xursandman. Umuman olganda, uchrashuvni yomon o'tkazmadik. Lekin o'ziga yarasha kamchiliklarimiz ham ko'zga ko'rindi. Birinchi bo'limda futbolchilarimiz ko'rsatgan o'yin yoqdi. Birinchidan, hisobda ortda borib, keyin kuchli iroda namoyish etgan holda ikkita gol urdik. Ikkinchidan, maydondagi futbolchilarimiz murabbiylar shtabi ko'rsatmalarini yaxshi bajarishdi. Ikkinchi bo'limda esa qarshi hujumda vaziyatlar yaratmoqchi edik. SHu boisdan ham zaxiradan tezkor o'yin namoyish etadigan hujumkor o'yinchilarni tushirdik. Bu rejamiz ham ish berdi. Yani vaziyatlar ko'p bo'ldi. Lekin yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalana olmadik. Lekin biz yaxshi va to'g'ri yo'ldamiz. Futbolchilar sekin-asta men istagan o'yinni namoyish etishmoqda, - deb gap boshladi Sergey Ivanovich.

- “Bunyodkor” futbolchilari gol o'tkazib yuborgach tushkunlikka tushishgani yo'q. Aksincha, xarakter ko'rsatishgan holda ikkita gol urishdi. O'tkazib yuborilgan goldan keyin alohida ko'rsatmalar berdingizmi yoki...

- Ha, o'yin startidayoq penaltidan gol qo'yib yubordik. Lekin tushkunlikka tushganimiz yo'q. SHogirdlarimning ruhiy holatini juda yaxshi bilaman. Men futbolchilarga doim takidlab kelaman: mag'lubiyat meniki, g'alaba esa sizlarniki deb.

- “Bunyodkor” bosh murabbiyi bo'lganingizdan keyin “Olmaliq”qa qarshi 3ta o'yin o'tkazdingiz. Raqib o'yinida o'zgarishlars ezdingizmi?
- Hech bir murabbiy raqib jamoa haqida batafsil gapira olmaydi. CHunki u erdagi muhit, tayyorgarlik jarayoni va boshqa holatlar haqida etarli malumotga ega bo'lmay turib, biron nima deyish qiyin. Lekin maydonda ko'rsatilgan o'yin borasida “Olmaliq” har doim ham xavfli raqib bo'lib kelgan. Jamoa ustozi bir necha yillardan buyon poydevori kuchli bo'lgan ahil jamoani shakllantirmoqda. “Olmaliq” safida yuqori saviyadagi futbolchilar ham etarli topiladi.

- “Bunyodkor”ning yangi azolari – Samir Bekrich, Ivan Miloshevich va SHukurali Po'latovning o'yini borasida qanday fikrdasiz?
- Bu futbolchilarning potenciali yuqori ekanligiga shubham yo'q. Lekin hozirgi holatda ular men istagan o'yinni namoyish eta olishmayapti. Bekrich, Miloshevich va Po'latovning safimizga qo'shilganiga hech qancha vaqt bo'lgani yo'q. Qolaversa, ikkinchi davra uchrashuvlari ham endigina start oldi. Ishonamanki, bu futbolchilar sekin asta o'zlarini uzoq yillardan buyon “Bunyodkor”da faoliyat yuritayotgandek tuta boshlashadi. Lekin bir narsani aytib o'tmoqchi edim. Bekrich va Miloshevich hozirgi holatida ham oliy ligadagi eng yaxshi legionerlardan biri, deya olaman. Bugungi kunda oliy ligadagi eng kuchli xorijlik futbolchi deb faqatgina SHaker Zuagini aytgan bo'lardim. U haqiqatdan ham o'zini oqlayapti – haqiqiy professional va etuk darajagi futbolchi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика