Sergey Lushan: "Bunday o'yinlarda bahs taqdirini bitta gol hal qiladi"
21 sen 2014 02:01
Yangiliklar


Sergey Lushan: "Bunday o'yinlarda bahs taqdirini bitta gol hal qiladi"
“Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida birinchi bo'lib “qaldirg'ochlar” ustozi ishtirok etdi.
- Yigitlarga hech qanday etirozim yo'q. Ular yomon o'ynashgani yo'q. Lekin
qayd etilgan natijadan qoniqmadim. Bu kabi bellashuvlarda o'yin taqdirini
birgina gol hal qilishi mumkin. CHunki bir jamoa himoyaviy taktikada
o'ynasa, ikkinchi jamoa hujum qilaversa ham baribir gollar kam bo'ladi.
Odatda futbol o'yini taqdirini bahsdagi vaziyatlar hal qiladi. Lekin biz
yarata olgan imkoniyatlarimizni golga aylantira olmadik. O'ylashimcha,
uchrashuv anchayin qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo'ldi. Stadionga
tashrif buyurgan ishqibozlar o'yindan zavq olishdi, - deydi Sergey Lushan.

Fikrlar