Sergey Lushan: "Biz o'yinga etarlicha tayyorgarlik ko'ra olmagandik"
08 apr 2015 23:00
Yangiliklar


Sergey Lushan: "Biz o'yinga etarlicha tayyorgarlik ko'ra olmagandik"
OCHLning 4-tur o'yini "Lahviya" - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etdi.
"Lahviya"ni g'alaba bilan tabriklayman. SHuningdek, ularga tez orqada Qatar chempionligini rasmiylashtirishlarini tilab qolaman. "Lahviya" juda yaxshi va tartibli jamoa sanaladi. Lekin ularni bizdan ustun deya olmayman. Bu bahsga tayyorgarligimiz o'zim kutgan darajada bo'lmadi. Avvaliga 18, keyin Dohaga uchishdan oldin so'nggi kungacha 15 nafar futbolchisiz tayyorlandik. Bu katta yo'qotish. Hayot davom etadi. Endi bor etiborimizni ichki musobaqaga qaratamiz. Xatolar ustida esa ishlaymiz. Tan olaman, "Al Jazira"ni juda katta ishtiyoq evaziga yutgandik. Lekin guruhdan chiqish oson bo'lmasligini bilardim. Biz o'zimizga yangi yo'l tanlaganmiz. Yoshlarni tarbiyalash va ertangi kunimizga ularni tayyorlash - bosh maqsadimiz. "Lahviya" hali o'sadigan jamoa va OCHLda uzoqroqqa boradi deb o'ylayman. Balki ular turnir g'olibligi uchun kurashishar. Bizga biroz vaqt kerak. Vaqti kelib o'z tarbiyalanuvchilarimiz hisobiga katta marralarni zabt etamiz. Bu kunlar albatta keladi. Akbar To'raev juda ajoyib va iqtidorli darvozabon. 24-25 yosh darvozabon uchun juda yosh deb hisoblayman. Akbar tez orada terma jamoaning eng asosiy posboni bo'lib etishishiga ishonaman. U bugun juda ko'p bor jamoani gollardan qutqardi. Imkoniyatimiz yo'qolgan bo'lsada, keyingi o'yinlarda yurtimiz shani va OCHL reytingi uchun ochko yig'ishimiz uchun borimizni beramiz.", - deydi Sergey Lushan.

Fikrlar