So’nggi yangiliklar

02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  6 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4

Sergey Lushan: "Asosiysi g'alaba qozondik" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Asosiysi g'alaba qozondik"

Oliy liga 1-tur o'yini "Bunyodkor" - "Buxoro" (2:0) uchrashuvidan keyingi tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg'ochlar" ustozi Sergey Lushan ishtirok etdi.
"Asosysi g'alaba qozondik. Mavsumni uch ochko bilan boshlaganimiz juda muhim ahamiyat kasb etadi. O'yinda biroz kamchiliklar bo'ldi va buni ko'rib chiqamiz va xatolar borasida ishlaymiz. Jamoa ikkita to'p kiritib olganidan so'ng o'yini o'zgardi va futbolchilar harakatida tushunarsiz holatlar yuzaga keldi. "Bunyodkor"dek jamoa uchun bunday o'ynash yaramaydi", - deya gap boshladi Sergey Lushan.


- Jamoa bugun juda qo'pol o'ynadi. "Bunyodkor" uchrashuvda favorit bo'la turib raqibga nisbatan qo'pol o'ynaganining sababi nimada?

- Men hakam emasman va buni referilar ko'rib chiqishlari kerak. Futbolchilar harakatlariga yarasha ogohlantirildi.

- Jamoa safida ogohlantirish yoki chetlatish olgan futbolchilarga nisbatan klub chora qo'llaydimi?
- Agarda futbolchi urush yoki qandaydir boshqa keraksiz joyda o'ziga sariq kartochka yoki qizil kartochka ishlab olsa, unda albatta chora ko'ramiz.

- Sardor Rashidov bilan nima ruy bermoqda? So'nggi o'yinlarda uning o'yinlarida joziba va ishonch etishmayapti. Muxlislar undan yorqin futbol kutishmoqda.
- Yosh futbolchi uchun keragidan ortiq etibor ham uning zarariga ishlamoqda. U biroz o'ziga kelib olishi kerak. Matubot va muxlislar uni salkam dunyoning eng kuchli futbolchisiga chiqarib yuborishdi. Sardor Rashidovning to'psiz harakatida kamchiliklar hali ham bor va buni tuzatishi kerak. To'pni raqibdan olishda Rashidov faol emas. To'g'ri tushuninglar, Sardor Messi yoki Ronaldo emas. U hali yosh va etarli tajribaga ega emas.

- Xayrulla Karimovning holati qanday va nimaga uni maydonga tushirmayapsiz?
- Xayrulla Karimov juda yaxshi formada va bu borada unda muammo yo'q. Xayrulla istalgan paytda maydonga tushib jamoaga yordam berishi mumkin. Karimov hozirda meni birinchi yordamchim hisoblanadi. U hozirda o'ynovchi murabbiy sifatida ishlamoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика