Sergeev o'ziga kelmoqda!
21 iyu 2019 22:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/502585_original.jpg)
![](/upload/storage/502585_220.jpg)
Sergeev o'ziga kelmoqda!
O'zbekiston chempionatining 12 turida Paxtakor o'z maydonidan Qizilqumni qabul qilib, yirik hisobda (8:0) zafar quchdi.
Mazkur bahsda mezbonlar forvardi Igor Sergeev o'z hisobiga xet-trik yozib qo'ydi. O'yindagi uchinchi goli Igorni professional faoliyatidagi 100-goli bo'ldi.
Qayd etish joizki, 26 yoshli hujumchi so'nggi 9ta bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 7ta gol urishga erishdi. Gollarining 2tasini OCHLda («Persepolis» hamda «Al-Ahli»ga) va 4tasini esa superliga (AGMK, “Qizilqum) bahslarida kiritdi. Yana bir gol esa o'rtoqlik o'yinida KXDR darvozasiga urilgan.
Bugun Igor joriy mavsum O'zbekiston chempionatidagi gollari sonini 5taga etkazdi. SHuningdek, uning hisobida 2ta samarali uzatma ham bor.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar