So’nggi yangiliklar

20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  1 20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  0 20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  3 19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  3 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  3 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  6 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  6 16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  1 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  4 15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2

Sergeev oliy ligada "Paxtakor"dan 5-to'purar Yangiliklar

Sergeev oliy ligada "Paxtakor"dan 5-to'purar

23 to'p kiritgan Igor Sergeev oliy liga to'purariga aylandi.

Oliy liga tarixida shu paytgacha jamoamiz futbolchilari 4 marta eng yaxshi to'purar nomiga ega bo'lishgan. 1992 yil Valeriy Kechinov 24, 1998 yil Mirjalol Qosimov va Igor SHkvirin 22tadan, 2005 yil esa Anvar Soliev 29 gol bilan to'purarga aylangadi. Sergeev 2005 yildan keyin oliy liga to'purarlari ro'yxatida eng ko'p gol urgan o'yinchiga aylandi. Solievdan keyin hech bir futbolchi bir mavsumda 23 to'p kirita olmagandi. SHuningdek, Igor 3ta golli pas berib, gol+pas tizimida eng ko'p ochko jamg'argan futbolchiga aylandi. Sobiq Ittifoq chempionatida Birodar Abduraimov 2 bor, Andrey Yakubik va Igor SHkvirin bir martadan mavsum to'purarligiga erishishgan.

Sergeev CHempionlar ligasida 6 uchrashuvda 3 gol va 2 gol bilan tugagan to'p oshirishlarini amalga oshirdi. Milliy terma jamoada yil davomida 10 o'yinda 6 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Terma jamoamiz safida Osiyo Kubogida bir, jahon va Osiyo chempionati saralash bosqichida 2 bor o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va bu borada terma jamoamizda eng yaxshi natijani qayd etdi. Yil davomida Igor jami 50 bahsda ishtirok etib, 32 gol muallifiga aylandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика