So’nggi yangiliklar

12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  0 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  2 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  7 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  7 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0

Sergeev nechanchi bor sotildi? Nega "Paxtakor"ga qaytmadi? Yangiliklar

Sergeev nechanchi bor sotildi? Nega "Paxtakor"ga qaytmadi?

"Paxtakor" tarbiyalanuvchisi Igor Sergeev 18 fevral kuni "Aktobe" tarkibiga borib qo'shilgandi.

U Qozog'iston Premer-ligasida 18 o'yin o'tkazib, 7 golga mualliflik qildi. Aqtebe klubining 10-o'rinda borayotganini inobatga olsak, bu o'rtamiyona jamoa forvardi uchun yaxshi natija.

Igorning "Ordabasi" darvozasiga maydon markazidan urgan golini tomosha qiling↓↓↓





Oxirgi vaqtlarda 28 yoshli hujumchiga xorij klublarining qiziqishi ortgani hech kimga sir emas. 19 iyul kuni uning yangi manzili aniq bo'ldi — Kostanayning "Tobol"i. Aytishlaricha, bu transferning qiymati 70 ming evroni tashkil qilgan.

Malumot uchun, Sergeev xorij klublari tomonidan 3-bor xarid qilindi. CHet el jamoalari o'zbek futbolchilari uchun pul sarflashni yomon ko'rishini inobatga olsak, bu yaxshi natija. Igorning transfer huquqi muqaddam "Al Dafra" tomonidan 1,5 mln evroga sotib olingan bo'lsa, 2016 yilda "Beyjing Goan" o'yinchining 6 oylik ijarasi uchun 500 ming evro to'lagan.

"Paxtakor"ga nega qaytmadi?

"SHerlar" sport direktori Jafar Irismetov saytimizga bergan intervyusida Sergeevni jamoaga qaytarishga harakat boshlangani haqida gapirgandi. Biroq, forvard va "Aktobe" o'rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan tovon puli (75 ming evro) bunga imkon bermadi. "Tobol" rahbariyati esa ko'rsatilgan summani aqtebeliklar hisob raqamiga o'tkazib, hujumchiga ega chiqdi.

Sergeevning Kostanay jamoasi bilan bitimi joriy yilning oxiriga qadar tuzilganini inobatga olsak, futbolchining o'zi ham qishda "Paxtakor"ga qaytishni rejalashtirayotgandek (erkin agent sifatida).

"Tobol" haqida

Kostanay klubi o'tgan mavsum Qozog'iston chempionatini 2-o'rinda yakunladi. SHu tufayli bu yil UEFA tomonidan yangi tashkil etilgan Konferenciyalar ligasi musobaqasi saralash o'yinlarida qatnashadi. Bu yo'lda ertaga Xorvatiyaning "Xayduk" jamoasiga qarshi bahs bor. "Tobol"ning asosiy forvardi Nemanya Nikolichning sog'lig'ida muammo paydo bo'lgani uchun ham Igor xarid qilindi va yuqori ehtimol bilan bu bahsni asosiy tarkibda boshlaydi.

Igorning yangi jamoasi ayni paytda Qozog'iston Premer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Klub tarkibiga nazar solsak, serbiyaliklar diqqatni tortadi. Asosiy to'purar Nemanya Nikolich; himoya chizig'i etakchisi Aleksa Amanovich; maydon markazini kuchaytirish uchun olib kelingan Dushan Yovanchich; MYU, "Kyoln", CSKA va Serbiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Zoran Toshich. SHuningdek, klubda Elguja Lobjanidze (Gruziya), Ruben Brijidu (Portugaliya), Jeremi Manzorro (Portugaliya), Toni Silva (Gvineya) singari legionerlar bo'lsa-da, asosiy figura 35 yoshli Azat Nurgalievdir

FAKT: Igor Sergeev "Tobol" tarkibidagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. "Transfermarkt" portali uni 1,5 mln evroga baholamoqda. Umid qilamizki, hamyurtimiz bu ustunlikni maydon ichida ham ko'rsatishni uddalaydi.

Derdiyokning keyingi manzili va maoshini bilasizmi?

Muallif :
Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика