“Sent-Eten” Gilavogini “Atletiko”dan ijaraga olmoqchi
24 jan 2014 11:26
Yangiliklar


“Sent-Eten” Gilavogini “Atletiko”dan ijaraga olmoqchi
“Atletiko” yarim himoyachisi Josua Gilavogi o'yin vaqtining kamligi tufayli klubini tark etishi mumkin.
23 yoshli yarim himoyachiga sobiq jamoasi “Sent-Eten” qiziqmoqda. U mavsum boshida ushbu klubdan ispanlar safiga o'tgan edi. FIFA qoidasiga binoan o'yinchi bir mavsumda uchta klubda o'ynashi mumkin emas. SHu sababli “Sent-Eten” o'yinchi uchun eng so'nggi variant hisoblanadi.
Gilavokining sobiq klubi “Atletiko”ga o'yinchini ijarasi uchun uning maoshini yarimiga teng mablag' taklif etgan, biroq “matraschilar” bunga rozi bo'lishmagan.
Ushbu mavsumda Gilavogi “Atletiko”da 6 ta o'yin o'tkazgan.

Fikrlar