So’nggi yangiliklar

17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  4 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  2 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  12 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0 14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  5 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  21 13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  6 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  7 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  8 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  5 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  43 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  15

Sening vaqting etib keldi: "Manchester Yunayted"dan ketishi kerak bo'lgan 4 futbolchi Yangiliklar

Sening vaqting etib keldi: "Manchester Yunayted"dan ketishi kerak bo'lgan 4 futbolchi

Navbatdagi transferlar oynasi vaqtida "Manchester Yunayted" yana asosiy rollardan birida bo'lishi kutilmoqda.

MYU koronavirus sababli bo'layotgan inqirozli vaziyatdan qo'rqmayapti. CHunki "Yunayted"ning oldida narxi pasaygan futbolchilar kutib turibdi. Jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ham yozda yangilarning kelishi o'yinni kuchaytirishiga ishonmoqda.

MYU norvegiyalik qutqaruvchisi tuzib chiqqan short-listdagi dongdor nomlarsiz yuqori o'rinlar uchun kurasha olmasligi mumkin. Ammo tarkib rezinka emaski, uni cho'zib tashlasa. Tabiiyki, tarkibdan ayrimlarni ketkazib yuborish kerak. Xo'sh, yangilar uchun jamoada kimlar o'z o'rnini bo'shatishi kerak?

Kris Smolling

"Roma"ga ijaraga ketish Smollingning foydasiga bo'lib chiqdi. O'tgan vaqt davomida himoyachi MYUga qaytishni istamayotgani haqida ko'plab xabarlarni o'qidik. Bizningcha uning kelajakdagi faoliyati "qizil iblislar" bilan bog'lanmasligi kerak. "Roma" ham futbolchining transfer huquqini sotib olishni istamoqda. Mankunianliklar Smollingning transferidan 25-30 mln evro ishlab olmoqchi. Rimliklar esa futbolchining narxini pasaytirishga urinmoqda.

Smolling va Roxo - MYUda yoshi 30dan oshgan yagona markaziy himoyachilar. Rahbariyatdan jamoani yoshartirish vazifasini olgan Sulsher esa tabiiyki Krisga kamroq o'yin amaliyoti taqdim qiladi. Bu vaqtda uning joyi uchun katta raqobat bo'lmoqda, "Yunayted" esa yozda yana bir markaziy himoyachi olishni rejalashtirmoqda. Smolling ham asosiy tarkib uchun kurasha oladigan himoyachi, biroq u hozir MYUda asosiy himoyachi bo'la olmaydi.

Uning "Roma"da o'tkazgan ushbu mavsumiga ahamiyat beradigan bo'lsak, Smolling hali ham elit himoyachilardan biri. Uning xizmatlariga APLdan "Everton", "Arsenal", "Tottenxem" kabi klublar tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Barcha klublar tajribali himoyachi uchun yaxshigina shartnoma taklif qilishga tayyor. MYU uchun tavsiya - futbolchining shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi, hozir esa uni sotib yuborish uchun qulay palla.

Fil Jons

Jamoada o'z o'rnini topa olmayotgan yana bir himoyachi. Filni bemalol o'zlarining jangchisi, mehnatkashi deyish mumkin, ammo u endi MYU darajasida emas. Yosh va tajribali futbolchilar uni raqobatda osonlik bilan mag'lub etishmoqda. Jons ushbu mavsumda 8 o'yinda qatnashdi.



Statistikaga qarab, ular fevralda nima sababdan shartnomani uzaytirganini tushunish juda qiyin. Jonsning MYU bilan 2023 yilga qadar shartnomasi bor, biroq o'yin amaliyoti yo'q. Fil 28 yoshda. U "Yunayted"dagi 9-mavsumini o'tkazmoqda. Balki nimanidir o'zgartirish vaqti kelgandir. Sulsherga bo'layotgan talab va shartnomani inobatga oladigan bo'lsak, Jons katta ehtimol bilan zaxiraga o'tirib qoladi.

Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Kevin Fillipsning fikriga ko'ra, Filning MYUdagi davri tugagan. OAV bir necha bora Jonsning "Nyukasl"ga o'tishi haqida bong urdi. Stiv Bryus ham shunday futbolchini qidirib yurgandi. Endi muammo shundaki, katta ehtimol bilan Bryus ham klubni tark etadi, klubda katta o'zgarishlar bo'ladi.

Markos Roxo

Yana bir markaziy himoyachi. Roxo - MYUdan ketishi aniq bo'lgan nomzod. Mankunianliklar ushbu himoyachiga bo'lgan ishonchni yo'qotib bo'lgan. Statistikaga ahamiyat beradigan bo'lsak: Markos so'nggi 2,5 yilda 17 o'yinda qatnashdi. SHularning atigi 10tasida asosiy tarkibda maydonga tushgan.

MYU qishda Roxoni qaerga sotishni bilmadi. Umuman olganda uni sotib oladigan jiddiy davogar ham paydo bo'lmadi. Uni Brunu Fernandeshga almashtirmoqchi ham bo'lishdi. Yakunda Roxo mavsum yakuniga qadar "Estudiantes"ga ijaraga berildi. Markosning MYU bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi. Klubga u kerak emas. Argentinalikning o'zi ham "Estudiantes"da qolishni so'ramoqda. Barchasi Roxoning qizil libosni boshqa kiymasligiga taqalmoqda.

MYU futbolchisini sotishga qarshi emas, faqatgina "Estudiantes" uni sotib olishni istasa bas. Qishda unga "Fiorentina" tomonidan qiziqishlar bo'ldi, biroq Italiya klubi ham inqiroz paytida bu borada o'ylab ko'rmoqchi. Argentina chempionati yakunlanishiga 1 tur qoldi, Roxo esa faqatgina bir o'yinda qatnashdi. Mantiqan olib qaraganda, futbolchining ijarasi cho'zilmaydi. Biroq uning MYUdagi kelajagi so'roq ostida.

Jessi Lingard

MYUda davri o'tayotgan hujum orti vakili. Boshida Sulsher unga ishonch bildirdi, biroq Jessi vaqt o'tgan sayin beqaror va ishonchsiz futbolchi bo'lib chiqdi. Lingard juda ko'p to'p yo'qotadigan va xatolarga yo'l qo'yadigan futbolchiga aylandi. Undan tashqari, angliyalikda samaradorlik borasida katta muammo bor: u 2018 yil dekabridan buyon APLda gol urmadi.

Lingard mavsum davomida asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi. Uning o'yin amaliyoti bir bo'limdan oshmayapti. Balki Jessiga yaxshigina "perezagruzka" kerakdir. Futbolchining o'zi ham o'yini yaxshi chiqmayotganini biladi. SHu boisdan u Mino Rayolaga mijoz bo'ldi. Hozircha uning xizmatlariga yaxshiroq klubdan taklif bo'lmagan.

MYU ham Lingardning ketishini tezlashtirmoqda. Mankunianliklar yozda uning o'rniga Jeydon Sancho, Jek Grilish yoki Jeyms Meddisondan birini olib kelmoqchi. Ayni damda "Yunayted" tarkibida ishonchga kirib bo'lgan Fernandesh va Igalo asosiy futbolchi bo'lishga loyiq bo'lib turibdi. Undan tashqari, yozda Aleksis Sanches ham jamoaga qaytib keladi.

Lingard hozirgi holati bilan ushbu futbolchilarga raqobatda yutqazishi aniq. Uning MYU bilan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan. Rahbariyat ham tekinga qo'yib yuborilmasligi uchun Lingardni sotib yuboradi. MYU transfer oynasida barcha frontlarda Lingardning o'rniga futbolchi olib kelish uchun kurashmoqda. Demak, Jessining ketishi ehtimoli yuqori.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика