So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  4 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

Seid Seidov: "Yo'qotilgan ochkolarni safar uchrashuvlari hisobidan to'ldirishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Seid Seidov: "Yo'qotilgan ochkolarni safar uchrashuvlari hisobidan to'ldirishga harakat qilamiz"

Buxoro - Qizilqum (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkillashtirilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Seid Seidov ishtirok etdi.
“Uchrashuv ancha asabiy tarzda kechdi. O'yinda bitta xatoga yo'l qo'ydik va gol o'tkazib yubordik. Bunday natija bo'lishini umuman kutmagan edim. Jamoa mashg'ulotlarda yaxshi tayyorlandi,hammasi yaxshiday edi,o'yinda esa...Bilmadim,bu nima bilan bog'liq, ruhiy tomondan nimadir bo'lganmi futbolchilarda, hech tushunolmayapman” - deb gap boshladi Seidov.

-Suxrob Nematov nega zahiradan maydonga tushurildi?

-U mashg'ulotlarda yo'q edi, oilaviy muammolari tufayli mashg'ulotlarni o'yingacha ikki kun qolganda boshladi va tabiiy-ki,o'yinga tayyor emas edi.

-O'yin oxirida Rajabov o'rniga Kochnev tushurildi,bu o'zini oqladimi?

-Biz nimanidir o'zgartirishimiz kerak edi. Biz hattoki darvozaga aniq zarba bera olmadik, bu nima ko'rgilik? Kochnevning zarbasi yomon emas,biz uni hech bo'lmaganda darvozaga aniq zarba berishi uchun maydonga tushurdik.

-Stadiondagi barcha muxlislar bosh hakamga ochiqchasiga noroziliklarini bildirishdi,bunga munosabatingiz?

-Muxlislar ko'r emas,hamma ko'rib turibdi. Bilmadim, men hakamlarni muhokama qilishni yoqtirmayman,lekin bir xil vaziyatlarda hushtak bizga qarshi chalinishi meni hayron qoldirdi ochig'i,yana bilmadim hozir asablar taranglashgan,videoni takror ko'rish kerak. Lekin hakam o'z ishini qiladi,mag'lubiyatda esa faqat o'zimiz aybdor,bu aniq!

-Endi nima ish qilish kerak?

-Nima qilamiz,keyingi o'yinga tayyorlanishda davom etamiz, bu yo'qotilgan ochkolarni safar o'yinlari hisobidan to'ldirishga harakat qilamiz. O'ylaymanki so'nggi turgacha kurash davom etadi,hali kim ligani tark etishi umuman aniq emas, bizdan yuqorida turgan jamoalarda ham bizga o'xshash xavf bor.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика