Sebastyan Kel: "12 ochko olgan uchala klub pley-offga chiqishga haqli edilar"
12 dek 2013 12:42
Yangiliklar


Sebastyan Kel: "12 ochko olgan uchala klub pley-offga chiqishga haqli edilar"
"Borussiya" yarim himoyachisi Sebastyan Kel ECHL 6-turidan o'rin olgan "Marsel"ga qarshi o'yindan (2:1) keyin quyidagi fikrlarni bildirdi.
– "Marsel" 10 kishi bo'lib himoyalandi, – deydi Kel "Borussiya" rasmiy saytiga. – Bizda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi, ammo yakunlovchi pallada ko'p xato qildik. Guruhda birinchi o'rinni oldik, bu biz uchun o'zgacha kun. "Napoli" "Arsenal"ni mag'lub etayotganidan xabardor edik. SHu bois Grosskroycning goli bizga juda zarur edi. Guruhda 12 ochko to'plagan uchala klub ham pley-offga chiqishga haqli edilar.

Fikrlar