S.CHerchesov: “Yo'q joydan gol o'tkazib yubordik va...”
13 iyu 2021 08:59
Yangiliklar
S.CHerchesov: “Yo'q joydan gol o'tkazib yubordik va...”
-Natija hammasini aytib turibdi. Ortiqcha gap so'zga hojat yo'q. O'yinni reja qilganimizdek boshladik. Ilk golni yo'q joydan o'tkazvordik va bu holat menga umuman yoqmadi. O'yinni o'zgartirishga harakat qildik, ammo yana va yana gol o'tkazdik.
Ikkinchi bo'limda o'yin tizimini o'zgartirdik, tartibliroq o'ynay boshladik, ammo vaziyatlarni yarata olmadik. Belgiyaliklar barcha “zona”larni ajoyib tarzda yopib qo'yishdi va bizga o'z o'yinimizni ko'rsatishga imkon berishmadi.
-Keyingi uchrashuvda Finlyandiya ustidan g'alabaga erishilsa, vaziyatni o'nglash imkoni bo'ladimi? Jamoa qandaydir bosim ostida emasmi?
-Yo'q, biz yirik musobaqada qatnashayapmiz. Ilk uchrashuvni rejadagidek o'ynay olmadik. Yaxshi natija va yaxshi o'yin ko'rsatmoqchi edik. Finnlarga qarshi bahs ko'p narsalarga oydinlik kiritib beradi. Turnir bir uchrashuv bilan yakuniga temaydi. Finlarni mag'lub etish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.
Fikrlar