Sautgeytning jahli chiqdi. Uoker endi terma jamoaga jalb qilinmaydi
08 apr 2020 01:50
Yangiliklar


Sautgeytning jahli chiqdi. Uoker endi terma jamoaga jalb qilinmaydi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt "Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uokerning xatti-harakatlaridan norozi bo'lmoqda.
Avvalroq futbolchi ijtimoy tarmoqlar orqali barchani uyda qolishga va koronavirus tarqalishining oldini olish uchun odamlar bilan aloqani cheklashga chorlagandi. Ko'p o'tmay uning o'zi engil tabiatli qizlar bilan vaqtini o'tkazgani ommaga oshkor bo'lgandi.
Uoker jarimaga tortilishi mumkin, u uyiga "tungi kapalaklar"ni chaqirdi
Biroz oldin Uoker karantin qoidalarini ikkinchi bor buzgani haqida xabar qilgandik.
Kayl Uoker ikkinchi bor karantin qoidalarini buzdi
Bu holatlar Sautgeytga yoqmagan, shu tufayli mutaxassis himoyachini terma jamoa yig'inlariga jalb qilmaslik orqali uni jazolashni rejalashtirmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar