Sautgeyt Angliya terma jamoasi bilan shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytirdi

Alisher
22 noya 2021, 17:29
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt rasman shartnomani uzaytirdi.

U milliy jamoani 2024 yilda Yevropa chempionati yakuniga qadar boshqaradi.

Sautgeytning oldingi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan (3 mln evro) edi, yangi bitimga ko'ra, angliyalik bir mavsumda 5 mln evro maosh oladi.

Eslatib o'tamiz, Sautgeyt Angliya terma jamoasini 2016 yildan beri boshqarmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/England