"Sautgempton" Uord-Prouzni 30 mln evro evaziga sotishdan bosh tortdi
06 avg 2021 18:24
Yangiliklar
"Sautgempton" Uord-Prouzni 30 mln evro evaziga sotishdan bosh tortdi
"Aston Villa" "Sautgempton" yarim himoyachisi Jeyms Uord-Prouz bilan shartnoma imzolamoqchi.
Birmingemliklar 30 million evro taklif qilishdi. Tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda.
"Aston Villa" kecha yarim himoyachi Jek Grilishning "Manchester Siti"ga o'tishidan 117,5 million evro oldi.
Futbolchi "Sautgempton" tarkibida umumiy 322ta o'yinda maydonga tushib, 33ta gol va 40ta assist qayd etdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar