Saulning agentlari Angliyaga jo'nab ketdi
01 avg 2021 18:19
Yangiliklar
"DailyMail"ning yozishicha, 26 yoshli futbolchining vakillari Angliyaga jo'nab ketgan. Ular "tumanli albion"da "Liverpul" hamda "Manchester Yunayted" bilan muzokaralar olib boradi. Potencial transfer summasi 40 mln evroni tashkil qilmoqda. Futbolchining o'zi esa yangi jamoasi borasida bir qarorga kelganicha yo'q.
Qayd etish kerak, futbolchi o'tgan mavsumda "Atletiko" tarkibida LaLiga chempionligini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar