So’nggi yangiliklar

00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  0 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  1 23:15Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Черно Море" (онлайн ҳисоб)  20 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  0 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   1 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  29

Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "O'zbekiston ham, Yaponiya ham yaxshi shakllangan jamoa sanaladi" Yangiliklar

Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "O'zbekiston ham, Yaponiya ham yaxshi shakllangan jamoa sanaladi"

U-23 Osiyo Kubogi yarim finali doirasida Avstraliya U-23 ga qarshi uchrashuvdan so'ng saudiyaliklar bosh murabbiyi Sadd Al SHehri va Hamid Abdullo matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Sadd Al SHehri, o'yin haqida fikringiz qanday? 

- G'alabadan mamanunman. Bugun namoyish etgan futbolimizdan xursandman. Endi hal qiluvchi bahs haqida bosh qotiramiz. 

- Finalda raqib sifatida qaysi jamoani ko'rishni istaysiz: O'zbekiston yoki Yaponiya? 

- Ikkala jamoa ham yaxshi shakllangan. O'zbekiston to'pni nazorat qilishni yaxshi ko'radi, Yaponiya esa juda tezkor o'yin namoyish etadi. Istalgan jamoaga qarshi finalda qiyin bahs bo'ladi. 

- Bugun ikki futbolchingiz jarohat oldi. Ularning ahvoli qanday? 

- Hozircha aniq malumot yo'q. Umid qilamanki ular finalga tayyor bo'lishadi. 

- Jamoaingiz musobaqa davomida hozircha bironta gol o'tkazmadi. Buning siri nimada? 

Sadd Al SHehri: Futbolchilarim himoyada katta mehnat qilishmoqda. Ammo barchasi Allohdan. Bizning harakatlarimiz munosib taqdirlanmoqda.

Hamid Abdullo: Og'ir o'yin bo'ldi. SHukrki, gol urib, yakunda g'alaba qozondik. Barcha jamoadoshlarimni va bizni qo'llab turgan muxlislarga rahmat aytmoqchiman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика