Saudiya Arabistoni – JCH guruh bosqichi antirekordini o'rnatdi
01 dek 2022 08:20
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni – JCH guruh bosqichi antirekordini o'rnatdi
Saudiyaliklar mundial guruh bahslarida eng ko'p sariq olgan terma jamoaga aylandi.
Erve Renar shogirdlari o'tgan uch bahsda 14 marta ogohlantirildi va bu musobaqa guruh bosqichi antirekordi hisoblanadi.
Argentina (2:1) va Meksika (1:2) bilan uchrashuvlarda 6 tadan, Polshaga qarshi bahsda esa saudiyalik o'yinchilarga 2 ta sariq ko'rsatildi.
Musobaqa omadli boshlagan Osiyo vakili 3 ochko bilan o'z kvartetida oxirgi o'rin bilan JCH bilan xayrlashdi.
Fikrlar