Saudiya Arabistoni Evropa chempioni bilan birgalikda Jahon chempionatini o'tkazishi mumkin
16 iyu 2021 19:45
Yangiliklar
Saudiya Arabistoni Evropa chempioni bilan birgalikda Jahon chempionatini o'tkazishi mumkin
Arabiston yarim orolining eng yirik davlati boshqa davlat bilan qo'shma ariza topshirishni rejalashtirmoqda va Italiya Saudiya Arabistonining sherigiga aylanishi mumkin.
AQSHda joylashgan Boston Consultancy Group konsalting kompaniyasi bu borada Saudiya Arabistoniga yordam beradi va hamkorlikning turli xil variantlarini taklif etadi. SHulardan biri Misr va Marokash bilan birgalikda qo'shma ariza toshpirish hisoblanadi.
Biroq ushbu tanlov turnirning tijorat muvaffaqiyati, mamlakatlar iqtisodiyotiga tasiri va musobaqa xavfsizligi bilan bog'liq xavotirlar tufayli ehtimoldan yiroq bo'lishi mumkin.
SHu sababli, Evropa chempionlari Saudiya Arabistoni uchun yanada foydali sherik bo'la oladi hamda Italiya arab mamlakati uchun eng munosib nomzod hisoblanadi.
Ikki mamlakat o'rtasida biznes, diplomatik va sportga oid aloqalar o'rnatilgan. SHuningdek, 2022 yilning yanvar oyida Saudiya Arabistoni Italiya Superkubogiga mezbonlik qiladi.
Avvalroq 2030 yilgi mundialga Buyuk Britaniya va Irlandiya, shuningdek, Ispaniya va Portugaliya qo'shma arizalar topshirishni rejalashtirayotgani malum bo'lgandi.
Fikrlar