Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Gol o'tkazmaganimizdan xursandmiz"
18 okt 2019 13:40
Yangiliklar


Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Gol o'tkazmaganimizdan xursandmiz"
JCH-2022 saralash bosqichi doirasida Saudiya Arabistoni safarda Falastinga qarshi bahs olib bordi.
Al Ram shahridagi "Faysal Al Husseyni" stadionida kechgan uchrashuv 0:0 hisobida yakun topdi. O'yindan keyin saudiyaliklar bosh murabbiyi Erve Renar shunday dedi:
- "Juda qiyin o'yinni o'tkazdik. Raqib bizga qattiq qarshilik qildi. Gol urish uchun ikkala jamoada ham vaziyatlar bo'ldi. To'pni nazorat qilish bo'yicha ustunlik bizda bo'ldi deya olaman. Bosim yuqori edi, lekin gol o'tkazmaganimizdan xursandmiz. Futbolchilar bir-birlarini tushunib ketishlari uchun ko'proq vaqt kerak", - deydi franciyalik murabbiy.
Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni navbatdagi turni 14 noyabr kuni Toshkentda O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar