Saudiya Arabistoni. "Al Hilol" durang o'ynadi, chempion deyarli aniqmi?
12 apr 01:26
Yangiliklar


Saudiya Arabistoni. "Al Hilol" durang o'ynadi, chempion deyarli aniqmi?
Saudiya Arabistoni chempionatining 27-turida "Al Hilol" safarda "Al Ittifoq" bilan durang o'ynadi.
"Al Ittifoq" - "Al Hilol" 1:1
Gollar: Joau Koshta (45+6) - Malkom (57).
"Al Ittifoq": Marek Rodak, Abdulloh Madu, Jek Xendri, Abdulloh Hatib (Abdulbosit Hindi, 52), Muhammad Abdulrahmon, Jorjino Viynaldum, Alvaro Medran, Muhtor Ali (Abdulloh Radif, 90+2), Abdulelah al-Malki, Demaray Grey (Vitino, 81), Joau Koshta (Madallah al-Olayan, 52).
"Al Hilol": Yassin Bunu, Kalidu Kulibali (Yosir al-Shahroni, 73), Ali al-Bulayhi, Renan Lodi, Hassan al-Tambakti, Sergey Milinkovich-Savich, Muhammad Kanno, Aleksandar Mitrovich, Malkom, Markos Leonardo (Abdulloh al-Hamdan, 73), Kayo Sesar.
Ushbu durangdan keyin bir o'yin zaxirasi bor "Al Hilol" peshqadam "Al Ittihod"dan 7 ochkoga ortda qolmoqda. Hali oldinda 7ta tur bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar