Saudiya Arabistoni. 18-tur. "Nasaf"ning raqibi "Paxtakor"ning guruhdoshini safarda mag'lub etdi
08 mar 2015 00:51
Yangiliklar


Saudiya Arabistoni. 18-tur. "Nasaf"ning raqibi "Paxtakor"ning guruhdoshini safarda mag'lub etdi
Ushbu turda OCHLdagi vakillarimizning guruhdagi raqiblari o'zaro to'qnash kelishdi.
"Paxtakor"ning guruhidan joy olgan "Al SHabab" jamoasi bu turda o'z maydonida "Nasaf"ning raqibi bo'lmish "Al Ahli" klubini qabul qildi. Bu jamoalar o'rtasidagi bellashuvga gollarga boy kechdi va yakunda "Al Ahli" klubi irodali g'alabaga erishdi.
SHuningdek, "Bunyodkor"ning guruhdoshi "Al Nasr" esa bu turda yirik g'alabani rasmiylashtirdi. "Lokomotiv" bilan bir guruhdan joy olgan "Al Hilol" esa safarda uch ochko egasiga aylandi.
Saudiya Arabistoni chempionati, 18-tur.
"Al Haleej" - "Al Hilol" 0:1
Gol: Neves (90)
"Al Nasr" - "Al SHoalah" 5:0
Gol: Mierjevski (14, 45), Muhammad Al-Sahlavi (70), Estoyanoff (74, 82)
"Al SHabab" - "Al Ahli" 2:3
Gollar: Rafinya (24), Naif Hazazi (39), Al Soma (36, 50-penaltidan), Salmon Al-Moasher (52)

Fikrlar