"Sassuolo" murabbiyi: "Boatengning "Barselona"ga o'tishi - klub uchun katta yo'qotish"

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2019, 14:20
"Sassuolo" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi hujumchi Kevin Prins Boatengning "Barselona"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Boatengning ketishi "Sassuolo" uchun katta yo'qotish, chunki biz taktika bo'yicha unga tayangan edik. Shunga qaramasdan rahbariyat bilan kelishib, uni qo'yib yuborishga kelishib oldik. Boatengda bunday imkoniyat boshqa bo'lmasligi mumkin. Barcha futbolchilar u uchun xursand. Agar "Barselona" 31 yoshli futbolchini tanlagan bo'lsa, boshqalar ham faoliyati davomida katta qadam tashlay olishiga ishonadi" - deydi De Dzerbi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia