"Sassuolo" bosh murabbiyi: "Milan"ga qarshi o'ynashni istamaymiz"
21 apr 2021 00:33
Yangiliklar
"Sassuolo" bosh murabbiyi: "Milan"ga qarshi o'ynashni istamaymiz"
"Sassuolo" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi A Seriya doirasida 21 aprel kuni o'tkazilishi kerak bo'lgan "Milan"ga qarshi o'yinda ishtirok etishni istamayotganini aytib o'tdi.
"Futbolchilar bilan yarim soat mobaynida Superligani muhokama qildim. Menimcha ular bilan buni muhokama qilishga haqliman. Bo'layotgan ishlar menga yoqmayapti.
Turnirning tashkil etilganligini rasman elon qilish kerak edi. Ular yarim kechasi har bir klubdan turnirda ishtirok etishini talab qilishdi. Bu esa klublarning tabaqalanishi hisoblanadi.
"Milan"ga qarshi o'yinda jamoani boshlab tushishni istamayman. Buni klub bosh direktori Jovanni Karnaveli va futbolchilarga aytib o'tdim", - dedi mutaxassis.
Fikrlar