So’nggi yangiliklar

23:02Эрон. "Персеполис" меҳмонда Фуладга ютқазди. Ўрунов бир тайм ўйнади  0 22:33"Насаф" назорат учрашувида "Иртыш"ни мағлубиятга учратди  4 22:12"Қўқон-1912" Туркиядаги илк назорат ўйинида Косово клубига ютқазди  1 21:42"Манчестер Сити" Оскар Боббни АПЛнинг бошқа клубига сотиш бўйича келишувга эришди  0 21:09Стерлинг ўз академиясида болаларни машқ қилдирмоқда. "Челси" футболчиси бу мавсум майдонга тушмади  2 20:45"Челси" Эндрикни сотиб олиш учун катта сумма тўлашга тайёр  4 20:22"Барса" ва "Ман Сити" Дюмфрисга қизиқишини сақлаб қолмоқда  0 19:45"Перес эффекти". Флорентино Беллингем ва бошқа юлдузлардан муносабатни ўзгартиришни талаб қилди  16 19:03Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлим ўтди (тўлиқ тақвим)  36 18:44Футзал бўйича Осиё кубоги–2026 кундалиги: 1-тур баҳслари якунланди (жадвал)  3 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон Тожикистонни юта олмади  33 17:38"Сени топаман!" — Адрианонинг онасини сунъий интеллект ёрдамида алдаб, пулларини ўғирлашди  2 16:39"Фарғона вилояти ҳоким кубоги" старт олди: "Нефтчи" U-21 ва "Яйпан" ғалабага эришди  8 16:24"Тоттенхэм" футболчиси Ferrari да ўйинга кетаётиб, аварияга учради  1 15:50Матвей Сафонов "Ньюкасл"га қарши ўйин қайдномасига киритилди  3

Sasha armon bilan futboldan ketdi Yangiliklar

Sasha armon bilan futboldan ketdi

Teglar :  Aleksandr Geynrix
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrix faoliyatini yakunlashi haqida xabar chiqdi.

Geynrix deganda ko'z oldimizga raqib jarima maydonchasi ichidagi xavfli hujumchi keladi. Geynrix deganda muxlislarimiz O'zbekiston milliy terma jamoasining azolari tepgan penaltilar ko'z oldilariga keltiradilar. Geynrix deganda mag'lubiyatga uchralgan paytimiz yakka o'zi ko'z yosh to'kib maydon markazida o'tiradigan hujumchini tasavvur qilamiz va yana Geynrix deganda muxlisbop o'yin ko'rsatadigan futbolchini bilamiz.  

Bugun hujumchimimizning terma jamoasidagi yilma-yil yod etamiz.


O'zbekistonda 2002 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Aleksandr Geynrix uch marotaba O'zbekiston chempioni bo'ldi. Bir marotabadan Rossiya va Qozog'iston oltin medallariga ega chiqdi. Uch karra O'zbekiston Kubogi soxibi va ikki marotaba Qozog'iston superkubogi g'olibi. 




Aleksandr Geynrix nomi muxlislarimiz orasida 2001 yil Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati saralash bosqichidan keyin ko'p bora tilga olina boshladi. Bir yil o'tib Qatar yashil maydonlarida kechgan Osiyo chempionatida terma jamoamizni o'z tarixida birinchi marotaba JCHga chiqishiga o'zining munosib ulushini qo'shdi.




Qisqa fursat ichida muxlislar yoqimtoyiga aylangan Sasha 2003 yili "Paxtakor"dan Moskvaning CSKA klubiga transfer qilindi. Afsuski u erda uning ishi yurishmadi. Ikki mavsumni zaxirada o'tkazgan hujumchimiz "Paxtakor"ga qaytdi.




2005 yilgi mavsumni "Paxtakor"da boshlagan futbolchi OCHLda jamoa joniga oro kirdi. O'yin amaliyotini tiklab olganidan so'ng unga Moskvaning "Torpedo" jamoasi qiziqdi.




Va u 2006 yilni "Torpedo" safida o'tkazdi. Ikki yil davomida moskvaliklar sharafini himoya qilgan Geynrix 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Orada "Paxtakor"ning 50 yillik yubileyiga bag'ishlangan shou uchrashuvda "Torpedo" safida "Paxtakor"ga qarshi maydonga tushdi.




2007 - 2011 yillar oralig'ida Geynrix yana "Paxtakor"ga qaytdi. Pulni doimo ikkinchi o'ringa qo'yuvchi futbolchi biron bir klubidan bo'shashi bilan "Paxtakor" tarkibiga kelib qo'shilar va u erdan yana qaergadir transfer bo'lardi. Aslida transfer mablag'larini o'zi uchun ko'tarma puli sifatida olsa bo'lar edi. Lekin uning uchun pul bu baxt degani emas edi...




2011 yilgi Osiyo chempionatidan so'ng Geynrix Janubiy Koreya tomon uchdi. "Suvon Samsung" safida OCHLda ishtirok etgan futbolichimiz u erda ham tinch turmadi. O'z jamoasini har qanday vaziyatda qo'llay oladigan Sasha suratda guvohi bo'lganingizdek "jang" qilyapti.




Bir yil o'tib uning o'yiniga XX asr futbolining qirollaridan biri qarsak chaldi. "Emireyts" klubida to'p tepkan Geynrix futbol afsonasi Maradona bilan.




BAAdagi chempionat unga to'g'ri kelmadi. 2012 yil u Qozog'istonga ko'chib o'tdi va "Aktobe" safida 2 mavsum to'p tepdi.




2014 yil u yana Vataniga qaytdi. Bu safar uning egnidagi sariq libosni qizil egalladi. "Lokomotiv" safida bir mavsum to'p tepgan Sasha bir yil o'tib yana Qozog'istonga ketdi.




Uning so'nggi klubi CHimkentning "Ordabasi" jamoasi bo'ldi. 

Geynrixdan eng yodda qolgan gol nishonlash.


U ketdi, yig'lab ketdi...armon bilan ketdi. Uning armoni Jahon chempionatiga chiqish ekanligini barchamiz juda yaxshi bilamiz.


Nodirxo'ja Yuldashev 

2015 yil 6 oktyabr

Reyting: +188   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика