So’nggi yangiliklar

07:35Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   75 03:03Франция. ПСЖ "Монако"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  4 02:53Англия Кубоги. "Манчестер Юнайтед"дан камбэк! Магуайр 90+3-дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба келтирди  10 02:43А Серия. Сўнгги дақиқадаги пенальти "Ювентус"га ғалаба олиб берди  4 02:25Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан дубль  0 00:43Мартинелли қанча вақтни майдондан ташқарида ўтказади?  0 00:23Саудия Арабистони. Иккитадан пенальти ва қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Ал Аҳли" ғалабага эришди  0 23:13Роналду кетма-кет 5 ўйинда гол урди  96 22:49А Сериянинг январь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 22:19Саудия Арабистони. Дуран дебютида дубль қайд этди, Роналдудан 924-гол, Шукуров 80 дақиқа ўйнади  54 21:50Серхио Рамос нима сабабдан 93-рақамда ўйнашини айтди  1 21:36"Насаф" назорат ўйинида "Лиепая"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  9 21:21"Андижон" назорат ўйинида Норвегия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:56ОКМК ўртоқлик ўйинида КХДР термасига мағлуб бўлди  5 20:35"Локомотив" Туркияда Қозоғистон миллий терма жамоасига қарши ўйнайди  2

Sarvarjon Xolmatov: Maqsadimiz - muxlislarga faqat g'alaba tuhfa etish Yangiliklar

Sarvarjon Xolmatov: Maqsadimiz - muxlislarga faqat g'alaba tuhfa etish

Oliy liga ettinchi turining markaziy uchrashuvlaridan biri Navoiyda Qizilqum - Buxoro jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. O'ziga xos voha derbisi noimni olgan mazkur o'yinga qiziqish juda yuqori.

Muhim bahs oldidan navoiyliklarning iqtidorli yarim himoyachisi Sarvarjon Xolmatovning o'yinoldi fikrlari bilan qiziqdik.

-Ko'z tegmasin, bu yilgi mavsumni ijobiy natijalar bilan boshladik, - deydi “Qizilqum” jamoasi vakili. - Bugun bizni yana bir muhim uchrashuv kutib turibdi. Buxoro tajribali futbolchilarga ega. Ammo bu bizni aslo xavotirga solayotgani yo'q. Navoiylik minglab muxlislar jamoamizdan faqat g'alaba kutishmoqda. Ko'cha-ko'yda muxlislar bilan uchrashib qolsak, ularning jamoamizdan umidlari katta ekanliklarini eshityapmiz.
Bugun ham Navoiydagi Yoshlar sport majmuasi ishqibozlar bilan to'lib-toshishini taxmin qilish qiyin emas. Biz uchun esa har bir uchrashuvda g'alaba qozonish va muhim ochkolarni qo'lga kiritish juda katta ahamiyatga ega. Asosiysi, jamoadoshlarimning kayfiyatlari alo. Maqsadimiz esa muxlislarga navbatdagi g'alabani tuhfa etishdir.

Qizilqum PFK Matbuot xizmati.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика