So’nggi yangiliklar

21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  19 21:18"Тоттенхэм" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  3 21:02"Бешиктош" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  1 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  15 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  21 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  3 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  5 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  4 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1

Sarvar Xolmatov: "Ittifoq-Navoiy" vaqtinchalik jamoa emas" Yangiliklar

Sarvar Xolmatov: "Ittifoq-Navoiy" vaqtinchalik jamoa emas"

Xabaringiz bor, joriy mavsumdan "Ittifoq-Navoiy" jamoasi B Pro-Ligada ishtirok etmoqda.

Biz mazkur jamoa sardori, tajribali futbolchi Sarvar Xolmatov bilan bog'lanib, “Ittifoq-Navoiy"ning kelajakdagi rejalari xususida intervyu tashkilladik.

- Klubimiz-O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi vasiyligida musobaqalarda ishtirok etmoqda - deydi Sarvar Xolmatov. - O'z navbatida jamoamiz vaqtinchalik tashkil etilgan emas, kelajakda yuqori marralarni zabt etishni maqsad qilganmiz. Bu yilgi mavsumda jamoamiz oldidagi vazifa A PRO-Liga yo'llanmasini qo'lga kiritishdan iborat.

Homiylarimiz ko'magi ostida yaqin orada "Ittifoq-Navoiy” jamoasining yangi zamonaviy stadioni va mashg'ulotlar bazasini barpo etish ishlari rejalashtirilmoqda. Klub rahbariyati, xususan Navoiy viloyati Yoshlar Ittifoqi raisi o'zi bosh-qosh bo'lgan xolda mana shu oldimizda bajarilishi oshirilishi lozim bo'lgan ishlarni nazoratiga olgan. Har bir o'tkazayotgan uchrashuvlarimizda Navoiy viloyati Yoshlar Ittifoqi vakillari ishtirok etib kelmoqdalar.

Jamoamiz uy o'yinlarini hozircha Qiziltepa tumanidagi stadionda o'tkazib kelmoqda. "Ittifoq-Navoiy" jamoasi O'zbekiston kubogi bahslarining 1/16 bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Nasib qilsa, astoydil harakat qilib kubok bahslarida imkon qadar uzoqroqqa bormoqchimiz. Yaqin kunlarda O'zbekiston kubogi 1/16 bosqichi bahslariga qura tashlanadi va navbatdagi raqibimizni bilib olamiz. Hozir bor etiborimizni kubok bahslariga qaratganmiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика