So’nggi yangiliklar

15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  0 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:51Рафинья: "Олтин тўп" мақсад эмас, асосийси – жамоавий ғалабалар"  4 13:23U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  3 12:54Криштиану Роналдунинг ўғли Португалия терма жамоасида 7-рақам остида дебют қилди  4 12:30Марказий Осиё. "Қайрат" кубокни тарк этди, "Истиқлол" очко йўқотди, Туркманистонда эса 4 тур кейинги ўйинлар ўтказилди  1 11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  7 11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  11 10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0 10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  15 10:21Сергей Лебедев: “Маҳоратли футболчилар мезбонлар ғалабасига муносиб ҳисса қўшишди”  3 09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  20 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  2 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  3

Sarvar Karimov: Armanistondagi yig'indan ko'nglim to'ldi Yangiliklar

Sarvar Karimov: Armanistondagi yig'indan ko'nglim to'ldi

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 8-16 iyun kunlari Armanistonda br haftali yig'in tashkil qilishdi.
Osiyo chempionatiga puhta tayyorgarlik ko'rayotgan yoshlar terma jamoamiz xorij yig'inida Armaniston yoshlar terma jamoasiga qarshi ham ikkita o'rtoqlik uchrashuvida qatnashdi. Ularning birida muvaffaqiyat qozongan bo'lishsa, keyingisida durang natijani ko'rsatishdi. Mazkur yig'inlarga terma jamoa murabbiylari o'smirlar safida osiyo hamda jahon chempionatlarida to'p surgan qator o'yinchilarni jalb qilishmoqda. Xususan ajoyib yosh darvozabon Sarvar Karimovni ham murabbiylar har bir yig'inga jalb qilishmoqda. Armaniston yig'indan keyin terma jamoa delegatciyasi yurtimizga qaytib kelganidan so'ng Karimov bilan suhbatlashdik.

- Sarvar, avvalo Armanistonda bo'lgan bir haftalik yig'in xususida fikringiz qanday?

- Yig'in qisqa vaqt davom etgan bo'lishiga qaramay, hammasi yaxshi bo'ldi. Kuniga bir mahaldan mashg'ulotlarda ishtirok etdik. Asosan to'pni nazorat qilish, o'yinlarda ro'y beradigan vaziyatlar ustida mashqlar bajardik. Qolaversa, Armaniston yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida ham maydonga chiqdik. Mazkur uchrashuvlarning dastlabkisida g'alaba qozongan bo'lsak, keyingisida 1:1 hisobida durang qayd etdik.

- Mazkur yig'indan ko'nglingiz to'ldimi?

- Ha, to'ldi. CHunki ikkita nazorat uchrashuvida yomon natija ko'rsatmadik. Ikkinchisida ham g'alaba qozonish mumkin edi, lekin vaziyatlardan foydalana olmadik. Aytish kerakki, mana shu yig'in futbolchilar uchun har taraflama foyda bo'ldi.

- Armanistonga qarshi kechgan ikkita nazorat uchrashuvlari sizning nazaringizda qanday kechdi?

- Yaxshi, bo'ldi. Evropa mamlakatlariga qarshi o'ynash, baribir foydadan xoli emas. Ulardan ko'p narsa olish mumkin Tajriba to'plash, kamchiliklaringizni ko'rib olish imkoniyati paydo bo'ladi. Armanistonga qarshi dastlabki bellashuv ancha qiziqarli kechdi. Sababi, ularning o'yinlarini ko'rmagandik, shunga biroz kutilmagan uchrashuv bo'ldi. Ikkinchi o'yinda esa raqib borasida biroz malumotga ega ekanliginmiz bois, extiyotkorona o'ynashga harakat qildik. Har ikki uchrashuv ham yaxshi bo'lganligini aytishim mumkin.

- Evropa terma jamoalari texnika va jismoniy tarafdan kuchli hisoblanadi. Armanistonda ham shunday holat ko'zga tashlandimi?


- Darhaqiqat, jismoniy jixatdan va to'p bilan ishlashlari yaxshi ekan. Evropa futbolining ham kuchli tarafi, menimcha shunda deb o'ylayman. Armaniston yoshlari terma jamoasida ham shunday holatga ko'rdik. Qolaversa, jamoaviy o'yin jihatidan ham yaxshi to'p surishlari malum bo'ldi.

- O'tkazilgan uchrashuvlarda murabbiylar shtabi sizga ham ishonch bildirishib, maydonga tushirdimi?

- Ha. Birinchi uchrashuvda darvozani Dilshod Hamroev qo'riqlagan bo'lsa, keyingi bahsda menga ishonch bildirishdi.

- Endi keyingi oyda Vengriyada yig'in bo'lishi hamda ularga qarshi ikkita uchrashuvda maydonga chiqasizlar. Bu ham terma jamoaga foyda keltirsa kerak?


- Hammaga malumki, kuzda terma jamoamiz Osiyo chempionati bellashuvlarida to'p suradi. Terma jamoamiz har bir oyda chempionatga puhta tayyorgarlik ko'rish istagida, yig'inlar tashkil qilmoqda. Qolaversa, murabbiylar shtabi yig'inlar mobaynida qator futbolchilarni ko'zdan kechirishib, terma jamoa o'zagini aniqlashib borishmoqda. Vengriyada bo'ladigan yig'in ham albatta termaga foyda beradi. Kuchli raqiblarga qarshi nazorat uchrashuvlari esa o'yinchilarni o'ziga bo'lgan ishonchlarini oshishiga xizmat qilib boradi.

- Hozirgi paytda terma jamoada rasman bosh murabbiy yo'qligi sababli, bu lavozimni vaqtinchalik Ilhom Mo'minjonov olib bormoqda. Bu murabbiy sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Yomon emas. Mo'minjonov Sergey Lushanga yordamchi murabbiy sifatida ko'malashib kelganligi tufayli, ularning rejallarini Armanistondagi yig'inda ham qo'lladi. O'tkazilgan o'yinlarga ham yaxshi tayyorlantira oldi. Taktika borasida ham yaxshi murabbiy ekanligini ko'rsatib qo'ydi.

- Siz o'smirlar terma jamoasi bilan Osiyo chempioni bo'lgandingiz. Buni yoshlar o'rtasidagi qita birinchilikida ham takrorlash mumkinmi?


- Ayni paytda barchamiz mana shu maqsad uchun tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi qita chempionatlari orasida farq bor. SHunga qaramay, hozirgi yoshlar termamizda yaxshi futbolchilar to'planishgan. O'ylaymanki, bu yigitlar bilan jahon chempionatiga yo'llanmani ham qo'lga kiritish mumkin. SHuningdek, yoshlar o'rtasida ham tengsiz bo'lishga kuchimiz etadi. Endi hammasi olib boriladigan yig'inlarga, tayyorgarlikka bog'liq.

- 1995 yilda tug'ilgan terma jamoamizda ham ko'plab iqtidorli darvozabonlar bor. SHu boisdan yig'inlar mobaynida murabbiylar har bir posbonlarga imkoniyat berib kelmoqda. Osiyo chempionatiga borishingizga ishonasizmi?

- Hozirdan bir nima deyish qiyin. Murabbiylar ishonch bildirishib, meni yig'inlarga jalb qilishib borishsa, bo'ldi. Qita chempionatiga qadar murabbiylarni ishonchlarini oqlab, terma jamoaga loyiq ekanligimni ko'rsatib qo'ymoqchiman. Xullas, qo'ldan kelgancha o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman.

- Lokomotiv jamoasi Ignatiy Nesterov, Temur Jo'raev singari mahoratli posbonlar bor. SHu boisdan klubda etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgandirsiz?

- Xudoga shukrki, Lokomotiv klubidagi murabbiylarim o'rinbosarlar safida har bir uchrashuvda menga ishonch bildirishib, maydonga tushirishmoqda. SHu sababli, etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lib bormoqdaman. Buning uchun ularga alohida tashakkur bildirib qolmoqchiman. Jamoamizdagi mahoratli posbonlar bilan birga ishlagan holda, tajribamni oshirib borishga umid qilyapman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика