Sarri: "Yuventus" o'sishdan to'xtab qoldi"
14 fev 2020 12:49
Yangiliklar
Sarri: "Yuventus" o'sishdan to'xtab qoldi"
Turinliklarni mag'lubiyatdan Ronalduning 90-daqiqada penaltidan kiritgan goli saqlab qoldi. Uchrashuvdan so'ng "keksa sinoralar" ustozi Mauricio Sarri jamoasining o'yini haqida gapirib o'tdi.
"Biz himoyadan hujumga chiqishda va pas o'ynashda raqibda yaxshiroq bo'ldik, ammo maydonning raqib darvozasi tomondagi uchinchi qismida hammasi ham o'xshayvermadi. Jarayon davom etmoqda, ishlashda davom etamiz. CHempionatda "Verona"dan uchralgan mag'lubiyat (1:2)dan keyin maydonga tushdik, lekin baxtimizga ijobiy natijaga erisha oldik.
Biz oxirgi 3 haftada o'sishdan to'xtab qoldik. SHart bo'lmagan gollarni o'tkazib yubordik. Jamoa har doim eng yuqori holatda bo'la olmaydi, lekin hozir sodir bo'layotgan jarayon - o'tish davri va bu normal holat. Men havotir olmayapman, chunki hayotda faqat sog'lik uchun havotir olish kerak", - deya Sarrining so'zlarini keltirdi italiyalik jurnalist Janluka Di Marcioning sayti.

Javob uchrashuvi 4 mart kuni Turinda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar