Sarri Ronalduga oltinchi "Oltin to'p"ni olishda yordam beradi
16 jan 2020 15:40
Yangiliklar
Sarri Ronalduga oltinchi "Oltin to'p"ni olishda yordam beradi
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
"Men Ronalduning oltinchi "Oltin to'p"ini olishida yordam berishni xohlayman. Menga kimdirda bitta sovrin ko'proq bo'lishi yoqmayapti.
Kelajakda esa Paulo Dibala "Oltin to'p" uchun kurashadi deb o'ylayman. Unda futbol tarixida iz qoldirish uchun barcha narsa bor", - deydi Sarri.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu 2019/20 yilgi mavsum "Yuventus"da 16ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 2ta assistga erishdi.
Fikrlar