So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  22 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Sarri Kepa haqida: "Darvozabon haq" Yangiliklar

Sarri Kepa haqida: "Darvozabon haq"

Kecha Angliya Liga kubogi finali bo'lib o'tdi.

Unda "Manchester Siti" jamoasi "CHelsi"ni penaltilar seriyasida mag'lub etdi.

Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida bosh murabbiy Mauricio Sarri va darvozabon Kepa Arrisabalaga o'rtasida kutilmagan kelishmovchilik yuzaga keldi. Sarri Kepani zaxiraga olmoqchi bo'ldi, kiper esa buni rad etdi va o'yinni davom ettirdi. Bu haqda biroz avval batafsil malumot bergan edik.

"CHelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri ushbu kelishmovchilik borasida fikrini bildirib o'tdi.

"Men vaziyatni tushuna olmadim va faqatgina zaxira o'rindig'iga shifokor kelganidan keyingina hammasini bildim.

Bu katta tushunmovchilik bo'ldi xolos. Men darvozabon jarohat oldi va penaltilar seriyasiga tayyor emas deb o'yladim. Lekin, u jarohatlanmagan va penaltilar seriyasiga tayyor bo'lgan".


Nima uchun tribuna osti yo'lagiga kirgani haqida

"Menga xotirjamlik zarur edi. Kepa uni jismoniy muammo sabab almashtirayotganimni tushundi va hech qanday muammo yo'qligini aytdi. Va u haq edi.

SHifokor kelganidan so'ng hammasini tushundim. Kepa bilan gaplashdim, faqat vaziyatni aniqlashtirish uchun. Endi hammasini tushunaman".

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика