Sarri: “Iguain Azar bilan tezda til topishib ketishdi”
03 fev 2019 09:09
Yangiliklar
Sarri: “Iguain Azar bilan tezda til topishib ketishdi”
“CHelsi” bosh murabbiyi Mauricio Sarri APL 25-turida “Xaddersfild” ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.
“Bugun hammasi ajoyib kechdi. Biz 90 daqiqani alo darajada o'tkazdik. O'yin yaxshi chiqdi, ammo bizga barqarorlik lozim. Keyingi uchrashuvlarni ham shu taxlit o'tkazishimiz lozim. O'ylaymanki, bugungidek kayfiyatga ega bo'liimiz uchun qaysidir o'yinlarda mag'lub bo'lishimiz kerak bo'lmaydi.
Iguain yanada o'smoqda. U Londonga kelganida jismoniy tayyorgarligi ko'ngildagidek emasdi. Ayrim muammolari bor edi. U juda yaxshi futbolchi. Ayniqsa, Azar bilan tezda bir birlarini tushunib olishdi.
Men uchrashuning dastlabki 25 daqiqasidan xursandman. Yigitlar to'p bilan ajoyib muomala qilishdi va ko'plab xavfli hujumlar tashkil etildi”, deya Sarrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.
Fikrlar