Sarri: “CHempionlik “Yuve”ning maqsadi, CHempionlar ligasi esa orzu”
23 fev 2020 09:16
Yangiliklar
Sarri: “CHempionlik “Yuve”ning maqsadi, CHempionlar ligasi esa orzu”
Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Mauricio Sarri jamoasining A seriya 25-turida SPAL ustidan (2:1) qozongan g'alabasidan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Bizda ko'plab golli vaziyatlar bo'ldi, ammo o'yin oxirida kim g'alaba qozonishi nomalum edi. Jamoa bahsdan bahsga yaxshi o'yin ko'rsatmoqda, ammo muammolar hali ham mavjud.
Mavsumdagi vazifalar haqida gapiradigan bo'lsam, chempionlik tituliga erishish bu bizning maqsadimiz, CHempionlar ligasida g'olib chiqish esa orzuimiz. Bazida shunday bo'ladiki, orzu ketidan quvib, maqsadga erisholmay qolishdan ko'ra, tavakkal qilgan yaxshiroq samara beradi”, deya Sarrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.
Fikrlar