Sardor Rashidov Yamanga qarshi o'yinda ishtirok eta oladi
16 noy 2015 12:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/188734_original.jpg)
![](/upload/storage/188734_220.jpg)
Sardor Rashidov Yamanga qarshi o'yinda ishtirok eta oladi
17 noyabr kuni Qatarda JCH-2018 saralashi doirasidagi Yaman va O'zbekiston o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.
Ertangi o'yinda Sardor Rashidov maydonga tusha oladimi yoki yo'qmi shu masala ko'pchilikni qiziqtirmoqda. Bu vaziyatga O'FF matbuot xizmati rahbari Sanjar Rizaev oydinlik kiritdi.
FIFAning O'FFga yuborgan hujjatiga ko'ra, Yamanga qarshi o'yinda Rashidov emas Ahmedov ogohlantirilgan.
Sariq kartochkasi sabab Yamanga qarshi ertangi o'yinni o'tkazib yuboradiganlar yo'q. Odil Ahmedov, Javohir Sohibov, Aziz Haydarov, Egor Krimec, Sardor Rashidov, Islom To'xtaxo'jaev kabi futbolchilarimiz hisobida bittadan sariq kartochka bor.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar