So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  1 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  7 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  4 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

Sardor Rashidov: Bussufa sabab 10-raqamni ololmadim Yangiliklar

Sardor Rashidov: Bussufa sabab 10-raqamni ololmadim

Avvalroq O'zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov faoliyatini BAA proligasida davom ettirishi haqida xabar bergan edik.

Futbolchi ushbu mamlakatning etakchi klublaridan biri - Al-Jazira bilan shartnoma tuzdi. Kelishuv 2 yilga mo'ljallangan. Jazira shu yil dekabr oyida klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. Aynan shu holat ham Rashidovning ushbu jamoa taklifini qabul qilishida muhim omil bo'lib xizmat qildi.

Qolaversa, Qatarning ikki klubi birlashishi natijasida Sardor o'ynagan Al-Jaish faoliyatini to'xtatgandi. Aslida hamyurtimiz ko'plab jamoalardan chorlov oldi va yakunda aynan Al-Jazira libosini kiyishni maqul ko'rdi. Biz Sardor bilan bog'lanib, ayni mavzu yuzasidan intervyu oldik.

- Sardor, avvalo, Al-Jazira jamoasi bilan shartnoma tuzganingiz sabab, tabriklaymiz. Xo'sh, bu variant qanday yuzaga keldi?

- Al-Jazira bosh murabbiyi va shaxsan klub prezidenti meni jamoa safida ko'rishni istashdi. Bu birinchi qadamni tashlashimda muhim omil bo'ldi. Qolaversa, Al-Jaziraning Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashishi ham tanlov bo'yicha bir to'xtamga kelishimni osonlashtirdi. CHunonchi, salohiyatimni dunyosining grand klublariga qarshi o'yinlarda sinab ko'rish xohishi kuchlilik qildi. Umuman, buning vaqti ham kelgandi. Yana bir tomoni, Al-Jazira yakunlangan mavsum BAA chempionati g'olibiga aylandi. Xullas, hammasi bir bo'lib, BAA klubi taklifini qabul qildim. Bundan bag'oyat xursandman, albatta.

- Bilishimizcha, oldingizda boshqa variantlar ham bor edi. Deylik, Qatar klublaridan ham taklif olganingiz haqida o'qidik? Ularni ham ko'rib chiqqandirsiz...

- Yo'q, ochig'i, Qatarda qolishni istamadim. Zero, faoliyatimda burilish yasashni xohladim. Agar Yulduzlar ligasida qolganimda, hozirgi imkoniyatga ega bo'lmasdim. Oddiy aytganda, o'zimni boshqa chempionatda sinab ko'rish istagi balandroq bo'ldi.

- Umuman, Al-Jaishning boshqa klub bilan birlashtirish qarorini qanday qabul qilishdi?

- Qatarning 2ta etakchi klubini birlashtirish g'oyasi mamlakat futbol federaciyasidan chiqqani aniq. SHaxsiy fikrim, bu unchalik to'g'ri qaror bo'lmadi. Har holda, birlashishda mano ko'rmayapman. CHunonchi, Al-Jaish OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etadigan Qatar klublaridan biri edi. Milliy federaciyaning ushbu qarori bilan chempionatdagi raqobatga ham malum darajada putur etadi, menimcha. Axir Jaish chempionlik uchun kurash olib boradigan 3-4ta jamoa qatorida gavdalanayotgandi. Endi esa Al-Sadd va yangi tuzilgan jamoa qoldi, xolos. Xulosam shuki, bu qaror Yulduzlar ligasi saviyasi pasayishiga olib keladi. SHu bois ham, Qatarda qolish variantiga ijobiy qaramadim.

- SHuningdek, BAAning yana bir klubi - Al-Ayndan ham taklif olganingizni eshitgandik. Aytishlaricha, shaxsan Umar Abdulrahmon sizni o'z jamoasi safida ko'rishni istagan ekan.

- Ha, bu to'g'ri malumot va uni tasdiqlayman. Bilishimcha, aynan Umar Abdulrahmon klub rahbarlariga meni xarid qilishni tavsiya etgan va ular nomzodimga qiziqib qarashgan. Lekin Al-Ayn kelasi mavsum OCHLda qatnashmaydi. Zero, jamoa BAA chempionatida atigi 4-o'rinni egalladi.

- Al-Jazira bilan tuzilgan 2 yillik shartnomangiz bandlari haqida malumot bera olasizmi? Uning moliyaviy jihatlari Al-Jaishnikidan yaxshiroqmi?

- Albatta ijobiy tomonga o'zgarish bor. SHuning uchun taklifni qabul qilishda ortiqcha ikkilanmadim.


- Al-Jaishda 10-raqam ostida o'ynadingiz. Al-Jazirada ham 10ni tanlaysizmi yoki...?

- Afsuski, klubda bu raqamning egasi bor ekan - Muborak Bussufa. Bu futbolchi Anjida Odil Ahmedov bilan birga o'ynagan edi. Darvoqe, men bilan birga mashhur Lassana Diarra ham Jazira azosiga aylandi.

- Xo'sh, o'zingizga raqam tanladingizmi?

- Hozircha yo'q. Ochig'i, raqamning alohida ahamiyati bo'lmasa kerak.

- Klub tarkibiga qachon qo'shilasiz?

- 14 iyul kuni.

- Demak, Jazira bilan hali to'liq tanishmagansiz. Jamoa qarorgohi, stadioni...

- Al-Jazira bazasi masalasida qandaydir shubhaga o'rin yo'q. Manchester Sitida qanday sharoit yaratilgan bo'lsa, Jazirada ham xuddi shunday. CHunki klub aynan Manchester Siti xo'jayiniga tegishli.

- Alohida uy ajratishdimi?

- Bu masalani BAAga borgandan keyin hal qilamiz.

- Bosh murabbiyning sizdan umidi katta ekan. U bilan gaplashdingizmi?

- Hali ulgurmadim. Hozirda murabbiy tatilda. Dubayga borgach, albatta, alohida gaplashib olamiz.

- Arab diyorida sizni Krishtianu Ronalduga o'xshatishadi. Bunga qanday qaraysiz?

- SHunday taqqoslashlarni eshitish yoqimli. Lekin futbolchi avvalo, o'z nomi va o'yin uslubiga ega bo'lishi lozim. Xullas, men aynan shuni istayman.

- Ronalduning Realdan ketishi haqida xabarlar urchidi. Siz bunga ishonasizmi yoki hammasi oddiy gap-so'z, shov-shuv ko'tarishmikan?

- Kim biladi, balki haqiqatdir. Ispaniyadagi soliq tizimidan nafaqat Ronaldu, balki Messi ham aziyat chekayotgani haqida o'qiyapmiz. SHu sabablimi, Krishtianu chindan ham, klubini almashtirmoqchidir. Menga qolsa, uning Realdan ketmagani yaxshi. Axir shunday taqdirda Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida u bilan to'qnash kelishim mumkin.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

"Interfutbol" gazetasi

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика