So’nggi yangiliklar

16:51МЮ, "Ньюкасл" ва "Тоттенхэм" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  2 16:21Клопп "Реал"га рад жавобини берганидан афсусда  9 15:56"Реал" — "Сельта". Беллингем, Винисиус ва Мбаппе асосий таркибда  13 15:27Breaking! Александр Хомяков "Андижон"дан кетди  32 15:23Арда Турон "Шахтёр" бош мураббийи бўлишга яқин  3 14:56ОКМКнинг ўз театрида чемпион бўлишини истардим  6 14:40ОКМК ва "Андижон" ўртасидаги даҳшатли баҳсдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 14:02Бразилия Анчелотти билан класико ўйинининг эртаси куни шартнома имзоламоқчи  3 13:33"Реал" Родригони сотиши мумкин, унга "Ман Сити" ва "Арсенал" қизиқмоқда  6 13:01Лукман Лондон грандига ўтадими?  3 12:38Каземиро МЮда Роналду даражасида пул ишлашни бошлаши мумкин  10 12:11МЮ клубда 47 йилдан бери ишлаётган ходимини ишдан бўшатмоқчи  4 11:42"Ювентус" жамоа хавбеки билан келишувга эришишга яқин  0 11:17Йосип Томашевич: "Ҳозирда энг катта муаммо – жисмоний ҳолат"  0 10:25МЛС. Месси гол урди ва 4 ўйинлик голсиз сериясига якун ясади  11

Sardor Rahmatullaev OFK ijroiya qo'mitasi azoligiga nomzod Yangiliklar

Sardor Rahmatullaev OFK ijroiya qo'mitasi azoligiga nomzod

30 aprel kuni OFKning navbatdagi kongressi bo'lib o'tadi.
O'zbekiston Futbol Federaciyasi birinchi vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev OFK ijroiya qo'mitasi azoligiga nomzodlar qatoriga kiritildi.

OFK saylov qo'mitasi 30 aprel kuni Bahraynning Manama shahrida bo'lib o'tadigan navbatdagi – 26 – kongress davomida o'tkaziladigan saylov uchun nomzodlarning yakuniy ro'yxatini malum qildi.

Kun tartibidagi asosiy masala – OFKva FIFA asosiy lovozimlariga nomzodlarni saylashdir.

Osiyo Futbol Konfederaciyasi ijroiya qo'mitasi azoligiga Sardor Rahmatullaev bilan bir qatorda markaziy mintaqa azolaridan eronlik Ali Kafashyan Nayni (OFK vice-prezidentligiga) hamda Afg'onistondan Zuhra Mehdi (OFK ijroiya qo'mitasi azoligiga)  nomzodlari bor.

Sardor Rahmatullaev O'zbekiston Futbol Federaciyasidagi faoliyatini 1993 yilda boshlagan bo'lib, O'FF bosh kotibi sifatida 2005-2010 yillar davomida Mirabror Usmonov boshchiligida  amalga oshirilgan tub islohotlarda faol ishtirok etdi va buning natijasida xodimlar va musobaqalar sonini uch barobar ko'paydi. Bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish infrastrukturasi ishlab chiqildi.

Sardor Rahmatullaev Osiyo miqyosidagi nufuzli musobaqalar, xususan, 2006 va 2010 yilladda Futzal bo'ycha Osiyo CHempionatlari, 2008 va 2010 yillarda  16 yoshgacha terma jamoalar o'rtasidagi Osiyo CHempionatlari tashkilotchiligida o'zini eng yaxshi tomondan namoyish etib, OFK musobaqalar tashkil etish siyosatini qo'llab-quvvatladi.

Tashkiliy qo'mita raisi sifatida Sardor Rahmatullaev 2001, 2003, 2005 va 2010 yillarda OFK tashkil etgan hakamlik, mamuriy va menejment ishlari bo'yicha o'quv-seminarlarda ishtirok etgan.

Quyida turli lavozimlarga nomzodlari tanlab olinganlarning to'liq ro'yxatini keltiramiz.

OFK prezidentdligi va FIFA vice-prezidentligiga

SHayx Salmon bin Ibrohim al Halifa (Baxrayn)

FIFA boshqaruv qo'mitasi azoligaga

SHahzoda Abdulloh al-Hoj ibni Sulton Amadshoh (Malayziya, Janubiy SHarqiy Osiyo)

Uoravi Makudi (Tayland, Janubiy SHarqiy Osiyo)

Mong Gyu CHung (Janubiy Koreya, SHarq)

Kozo Tashima (Yaponiya, SHarq)

Saud A. Aziz al Muhammadi (Qatar, G'arb)

SHayx Ahmad Fahad al Ahmad Al Saboh (Quvayt, G'arb)

Said Xolid Hamed Hamud al Busaidi (Ummon, G'arb)

OFK vice-prezidentligiga (Har bir mintaqaga bittadan)

Uinston Li Bun Aun (Singapur, Janubiy SHarqiy Osiyo)

Jang Jilong (Xitoy, SHarq)

Ali Kafashyan Neyni (Eron, Markaziy)

Saud Aziz Al Mohannadi (Qatar G'arb)

Mahdum Said Faysal Solih Hayat (Pokiston, Janub)

Prafult Manoharbxay Patel (Hindiston, janub)

OFK ijroiya qo'mitasi azoligiga nomzod ayollar (Har bir mintaqaga bittadan)

Moya Dodd (Avstraliya, Janubiy SHarqiy Osiyo)

Han Un Gyong (KXDR, SHarq)

Zuhra Mehdi (Afg'oniston, Markaziy)

Syuzan A. SHalabi (Falastin, G'arb)

Mahfuza Axter Kiron (Bangladesh, Janub)

OFK ijroiya qo'mitasi azoliliga

Zau Zau (Myanmar, Janubiy SHarqiy Osiyo)

Vifet Sihachakr (Laos, Janubiy SHarqiy Osiyo)

Fransisko Kalbuadi Lay (SHarqiy Timor, Janubiy SHarqiy Osiyo)

Doktor Tran Kuok Tuan (Vetnam, Janubiy SHarqiy Osiyo)

Mariano Araneta (Filippin, Janubiy SHarqiy Osiyo)

Richard King Lai (Guam, SHarq)

Mong Gyu CHung (Janubiy Koreya, SHarq)

Kozo Tashima (Yaponiya, SHarq)

Sardor Rahmatullaev (O'zbekiston, Markaziy)

Hachem Sayid Ali Haydar (Livan, G'arb)

Sayid Holid Hamed Hamud Al Busaidi (Ummon, G'arb)

Muhammad Halfan Matar Said al Romaiti (BAA, G'arb)

Ahmad Hayit Harbi (Saudiya Arabistoni, G'arb)

Varnakulasuriya Ranjit Rodrigo (SHri Lanka, Janub)

Mahdum Said Faisal Salih Hayat (Pokiston, Janub)

Muhammad SHavud (Maldiv, Janub)

Yujen Cechap (Butan, Janub)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика