So’nggi yangiliklar

07:11Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Атлетико" муҳим ғалабани қўлга киритди  0 02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  20 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  20 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  2 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  1 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  7 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  8 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  2 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  5 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6

Sardor Qobuljonov: "Buxoro" shu yilning o'zida Superligaga qaytishga tayyor!" Yangiliklar

Sardor Qobuljonov: "Buxoro" shu yilning o'zida Superligaga qaytishga tayyor!"

"Buxoro" klubi posboni Sardor Qobuljonov Pro liganing 1-turidan o'rin olgan "Oq-tepa"ga qarshi bahsdan oldin championat.asia saytiga qisqa intervyu berdi.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik qanday o'tdi?
- Tayyorgarlik alo darajada o'tdi. Toshkentda bir qator nazorat uchrashuvlarida ishtirok etdik, mashg'ulotlar o'tkazdik. Pro liganing yangi mavsumiga tayyormiz deya olaman.

- Birinchi turdagi raqib "Oq-tepa" haqida qanday fikrdasiz?

- Raqib bir necha yillardan buyon Pro ligada ishtirok etib kelmoqda. Anchagina yaxshi va kuchli jamoa deb o'ylayman.

- Mavsumning dastlabki ikkita uchrashuvini safarda o'tkazish qanchalik og'ir?

- Dastlabki ikki uchrashuv safarda o'tishi albatta har qanday jamoa uchun qiyin bo'ladi. Lekin bunga etibor bermasligimiz lozim. CHunki bizning maqsadimiz bitta - Superligaga qaytish!

- Jamoa shu yilning o'zida Superligaga qaytishga tayyormi?

- InshaAlloh tayyor. Xudo xohlasa, shu yilning o'zida Superligaga chiqamiz.

- Bilamizki "Buxoro"ga legioner darvozabon Rahat Japarov kelgan. U haqida qanday fikrdasiz? Raqobatga tayyormisiz?

- Japarov ancha yaxshi darvozabonligini mashg'ulotlarda ko'rsatdi. Raqobatga hamisha tayyorman, raqobat bor joyda o'sish bo'lishini mendan yaxshi bilasiz.

- Buxorolik muxlislarga tilaklaringiz...

- Muxlislarga tilagim - baxtimizga doim sog' bo'lishsin, futbol ular bilan qiziq!

Maqsud Komilov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика