So’nggi yangiliklar

16:39"Андижон" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  0 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  6 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  12 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  24 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3

Sardor Eminov: “Vodiy derbilarini sabrsizlik bilan kutyapman” Yangiliklar

Sardor Eminov: “Vodiy derbilarini sabrsizlik bilan kutyapman”

Surxondaryolik futbolchi Sardor Eminov o'tgan mavsum “So'g'diyona” safida mazmunli o'yinlari bilan ko'pchilikni etiborini tortgandi.
SHu bois unga bu yil bir qator klublardan qiziqish paydo bo'ldi. 28 yoshli futbolchi esa yakunda “Qo'qon-1912” taklifini qabul qilib, joriy mavsumni vodiy jamoasida o'tkazadigan bo'ldi.

- Sardor aka, sizni o'tgan mavsum “So'g'diyona”da o'ynaganingizni yaxshi bilamiz. Lekin unga qadar ko'pchilik siz haqingizda ochig'i bilmasdi. SHu bois dastlab o'zingiz haqingizda to'xtalib o'tsangiz?
- 1987 yili Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tug'ilganman. Bolalagimda millionlar o'yiniga bo'lgan qiziqish yuqori bo'lgani uchun ham, etiborimni futbol o'ynashga qaratganman. 12 yoshimda Sariosiyo tumanidagi futbol maktabiga borib, futbolning ilk sir-asrorlarini o'rgana boshlaganman. U erda birinchi murabbiyim Abdujalil Vohidov bo'lgan. 10 sinfni tugatganimdan so'ng o'sha vaqtda oliy ligada ishtirok etgan “To'palang” jamoasiga qabul qilinganim. Avvaliga yoshlar jamoasida o'ynadim. Qolaversa 2007 yili elitada debyut qilishga muvaffaq bo'lganman. O'sha paytda jamoada Vladimir Bordyuja, Baxtiyor Bozorov hamda Vladimir Andreev kabi mahalliy murabbiylar ishlagandi. Baxtiyor Bozorov birinchi davradan keyin boshqaruvni o'z qo'liga olgach, meni asosiy tarkibga jalba etgan.

- Oliy ligada debyutingiz qaysi jamoaga qarshi o'yinda yuz bergan?
- (Biroz o'ylanib)To'g'risi, hozir buni yaxshi eslolmayman.



- O'sha vaqtda siz kabi jamoaga qabul qilingan o'yinchilardan bugungi kunda kimlar futbolchilik faoliyatini davom ettirmoqda?
- Bu borada Mixail Naumov, Ilhom SHomurodov, Abdumajid Toirov kabi o'yinchilarni aytishim mumkin. Ulardan tashqari Vali Keldiev, To'lqin Mirzaev, Alisher Bozorov, Najmiddin Meliqulov singari surxondaryolik futbolchilar ham o'ynagandi.

- “To'palang”dan keyingi jamoangiz qaysi bo'lgan?
- Keyinchalik birinchi liga ishtirokchisi “SHo'rchi-Lochin” jamoasida qisqa fursat o'ynadim. Undan so'ng Tojikiston chempionati ishtirokchisi bo'lgan “Regar-Tadaz” jamoasidan taklif tushdi. O'zimni qo'shni chempionatda sinab ko'rish maqsadida tursunzodaliklar chaqiruvini qabul qilganman. U erda 2008 yildan boshlab 2013 yilga qadar o'ynadim.

- “Regar-Tadaz”dagi faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lganmi?
- Ha, albatta. Bu jamoaning o'ziga yarasha tarixi bor. Adashmasam Tojikistonning 9 karra chempioni. “Regar-Tadaz”da o'ynab bir marta chempion bo'ldim. Undan tashqari jamoam bilan chempionatda kumush medallarini qo'lga kiritdim. Mamlakat Kubogi sohibi bo'ldik.

- Klubdagi sharoitlar qay darajada bo'lgan?
- Klub menga alohida uy bergandi. Mendan tashqari jamoada braziliyalik futbolchilar ham o'ynagan. “Regar-Tadaz” o'z vaqtida Tojikistonning birinchi raqamli jamoasi bo'lgan. SHu bois klubdagi tashkilotchilik va sharoitlar ham yuqori darajada edi.

- Moliyaviy sharoitlarchi?
- Jamoaning bosh homiysi alyuminiy ishlab chiqarish zavodi edi. Men o'ynagan paytlarda pul tomondan aytarli muammo bo'lmagan. Oylik maoshlarimizni o'z vaqtida olganmiz. 2013 yilga kelib, bu borada muammolar kelib chiqa boshladi. Hozir esa bu borada vaziyat qanday ekanligi menga qorong'u.



- Siz bilan birga o'zbekistonlik futbolchilar ham bo'lganmidi?
- Bekobodlik Abbos Abdullaev men jamoaga borgunimga qadar “Regar-Tadaz”da o'ynagan ekan. Jizzaxlik darvozabon Farhod Yo'ldoshev bilan bitta jamoada o'ynadim. Qolaversa boshqa klublarda yana bir qator o'zbekistonlik futbolchilar bo'lgan.

- “So'g'diyona”ga o'tishingiz qanday amalga oshgan?
- 2014 yilda O'zbekistonga qaytib, oliy liga jamoasida o'ynash ishtiyoqi yuqori bo'lgan. Davron aka Fayziev esa meni o'z jamoasiga taklif etib, ko'rikdan o'tishni aytgan. O'ylanib o'tirmay, “So'g'diyona” yig'iniga borib qo'shilganman. O'zimni ijobiy tomondan ko'rsata olganman shekilli, jamoa menga shartnoma taklif qilgan. Kelishuv bir yilni o'z ichiga olgandi.

- Tojikistondagi besh yillik faoliyatingizdan so'ng O'zbekiston chempionatiga qaytgach, qanday farqni sezgansiz?
- Albatta chempionatlarni bir-biriga taqqoslaganda farq bor. Yani milliy chempionatimiz tezkor futboli bilan ustun turadi. Jamoalarni saviyasi va moddiy sharoit tomondan ham olib qaraydigan bo'lsak, O'zbekiston chempionatini kuchli deb bilaman.

- “So'g'diyona”da o'ynay boshlaganingizda avvaliga qiyin bo'lganmi yoki...?

- Hamma joyda o'ziga yarasha qiyinchilik bo'ladi. Xususan Jizzaxda ham. Lekin o'z ustimda ko'proq ishlab, jamoaga moslashib ketishga xarakat qilganman. Imkon qadar “So'g'diyona”ga foyda keltirishga urindim.

- Jizzax jamoasidagi bir yillik faoliyatingizdan so'ng qanday taassurotlar qoldi?
- Jamoada futbolchilar bir-biri bilan ahil-inoq edi. Huddi bir oila kabi. Ichki muhit zo'r bo'lgan. Ammo moliyaviy sharoitlar ko'ngildagidek emasligi natijamizga salbiy tasirini o'tkazmasdan qolmadi. Rahbariyat tomonidan ozgina etibor qaratilganida menimcha jamoa chempionatda kamida 8-o'rinni egallardi. Tarkibda yaxshi yigitlar yig'ilgandi.

- Bundan chiqdiki jamoani tark etishingizga ham aynan moliyaviy sharoitlarning past darajada ekanligi sabab bo'lgan?
- Ha, shunday. Agarda moddiy jihatdan ishlar qoniqarli bo'lganida nafaqat men balki boshqa o'yinchilar ham qolgan bo'lardi. Istaysizmi yo'qmi baribir har qanday futbolchi moliyaviy tomondan sharoiti yaxshiroq bo'lgan jamoada o'ynashni istaydi. CHunki hammani o'ziga yarasha tashvishi bo'ladi. O'tgan mavsum yakuniga etgach, oliy liganing bir qator klublaridan takliflar bo'ldi. Uzoq o'ylanishlardan so'ng jamoamni o'zgartirishga qaror qildim.

- Sir bo'lmasa qaysi jamoalardan taklif bo'lgandi?
- Oldimda 3-4ta variant turgandi. Lekin men undan “Qo'qon-1912”ni tanladim. Qolganlari haqida endi gapirishdan naf yo'q.

- “Qo'qon-1912”ga o'tishingizga nima turtki berdi?
- “So'g'diyona”da vaziyatni ijobiy tomonga o'zgarishini kutib, yanvar oyiga qadar mashg'ulotlarda ishtirok etib keldim. Biroq ijobiy tomonga o'zgarish bo'lmadi. SHu paytda “Qo'qon-1912” bosh murabbiyi Rustam aka Abdullaev meni o'z jamoasiga taklif etdi. Bu klub yana oliy ligaga qaytdi va o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ymoqda. Rahbariyat tomonidan ham etibor yaxshi ekanligi ko'rinib turibdi. Bundan tashqari o'tgan yili “So'g'diyona”da men bilan birga o'ynagan Orif Mamajonov ham “Qo'qon-1912”ga o'tganini aytib, meni ham chorladi. SHundan keyin 20 yanvardan qo'qonliklarning yig'iniga kelib qo'shildim.

- Yangi jamoadagi ilk taassurotlar qanday?
- Hammasi ko'ngildagidek. Yigitlar yaxshi qabul qildi. SHu bois jamoaga kirishib ketishim qiyin bo'lmadi. Hamma bilan munosabatim yaxshi. Yangi mavsumga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun klub rahbariyati tomonidan yaratilgan sharoitlar ham alo darajada. Faqat o'ynash kerak.



- Yangi jamoangiz bilan shartnoma imzoladingizmi?
- Ha, o'zaro kelishuvga ko'ra 1 yillik bitim imzoladik.

- Endilikda oldingizga qanday maqsadlarni qo'ygansiz?
- O'zimni har jihatdan ko'rsatish va jamoamning yutuqlariga hissa qo'shishni istayman. Qisqacha aytganda, o'zimga bildirilgan ishonchni to'la oqlash uchun bor kuchim bilan ishlayman.

- “Qo'qon-1912” PFL Kubogida ishtirok etmoqda. Jamoangiz keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Umuman olganda, turnir haqida fikringiz qanday?
- Ushbu turnirda o'tgan yili “So'g'diyona” safida ham ishtirok etgandim. Mana endilikda “Qo'qon-1912” jamoasi tarkibida o'ynayapman. Jamoam guruh bosqichida o'tkazgan o'yinlaridan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, har bir o'yin qiyin kechdi. Garchi u birinchi liga jamoasi bo'lsa ham. SHunga qaramay guruhdan keyingi bosqichga chiqdik.

- CHempionat boshlanishiga ham tobora oz fursat qolmoqda. Bu yil undan nima kutyapsiz?
- Bu yil 16ta jamoa ishtirokida chempionat qiziqarli o'tishini va undan muxlislar rohtlanishini istardim. Medallar uchun kurashadigan klublar soni ortadi degan umiddaman. Nasib qilsa “Qo'qon-1912” jamoasi ham ishqibozlarni xursand qiladi.

- Qo'qonlik ishqibozlar haqida oz-moz tushunchaga ega bo'ldingiz. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Ha, yaqinda Farg'onada o'tkazilgan hokim kubogi turnirida ishtirok etganimizda jamoani qo'llab-quvvatlash uchun ko'plab qo'qonlik ishqibozlar borganini ko'rdik. Ular bizni uchrashuv davomida etarlicha quvvatlab ruhiy tomondan dalda bo'lishga intildi. Nafaqat Qo'qonda balki vodiyda odamlar futbolni yaxshi ko'radi. SHuning uchun u erda stadionga muxlislarning tashrifi yuqori bo'ladi.

- Bo'lajak vodiy derbilariga tayyormisiz?
- Albatta. Buni sabrsizlik bilan kutyapman. Ilgari boshqa futbolchilardan vodiy derbisi haqida eshitganman. Bu yil nasib qilsa o'zim unda ishtirok etaman. Vodiyning to'rtta klubi o'rtasida jiddiy kurash kechadi. Stadion ham to'lishini aytishmoqda. Bunday muhitda futbol o'ynash menimcha har qanday futbolchiga zavq bag'ishlaydi.

- “Qo'qon-1912”ning yangi mavsumga ko'rayotgan hozirligi haqida nima deysiz?

- Tayyorgarlik avjida. Vaziyatga real yondoshadigan bo'lsak, bu yil eng avvalo oliy ligadagi o'rnimizni saqlab qolishimiz muhim ahamiyat kasb etadi. O'ylaymanki buni amalda bajarsa bo'ladi. CHunki tarkib yaxshi yig'ildi. Mashg'ulotlarni ham qoniqarli deyish mumkin. Qolganini mavsum ko'rsatadi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика