Sardor Azimov “Navbahor”ga o'tdi
31 iyu 2017 17:49
Yangiliklar
Sardor Azimov “Navbahor”ga o'tdi
"Navbahor" azolari bugun rejaga ko'ra kunning birinchi yarmida Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazida tibbiy ko'rikdan o'tishdi.
Birozdan so'ng esa Toshkent yig'inidagi dastlabki mashg'ulot boshlanadi. Tarkibdagi o'zgarishlar hususida gap ketganida, jamoa safiga bugun yarim himoyachi Sardor Azimovning qo'shilishini aytib o'tish joiz. Mavsum birinchi yarmini Toshkentning “Bunyodkor” klubida o'tkazgan futbolchi bir yillik tanaffusdan so'ng yana “Navbahor”ga qaytdi. Muxlislarga yaxshi malumki, 2016 yilgi chempionat birinchi davrasini "Navbahor"da o'tkazgan yarim himoyachi o'zining chiroyli o'yinlari bilan ko'pchilikning etiborini tortgan edi. Aynan shundan so'ng “Bunyodkor” klubi rahbarlari Azimovni ortga qaytarishga qaror qilishgandi. Futbolchi ikkinchi davrani yana “Navbahor”da o'tkazadigan bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar