So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  0 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  8 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  2 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

Saralashni yirik g'alaba bilan boshladik. Buyog'iga faqat omad! Yangiliklar

Saralashni yirik g'alaba bilan boshladik. Buyog'iga faqat omad!

Qitamizda U-20 Osiyo kubogi saralash o'yinlari boshlandi.

Farhod Nishonov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi ilk turni Kambodjaga qarshi o'tkazib yirik hisobda zafar quchdi. Quyida ushbu saralash haqida bazi malumotlarni keltirib o'tamiz.

U-20 Osiyo kubogi 2025 yilning 6-23 fevral kunlari Xitoyda bo'lib o'tadi. Saralash bosqichida jamoalar 10ta guruhga bo'lingan bo'lib, har bir guruhdan g'olib jamoa va 5ta eng yaxshi ikkinchi o'rin egalari (jami 15ta jamoa) qita birinchiligiga yo'l oladi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi B guruhida joy olgan bo'lib, saralash bahslariga Xitoy Taypeyi mezbonlik qilmoqda.

Aytib o'tganimizdek, U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi 10ta guruhda olib boriladi. Bunda 2005 yil 1 yanvardan keyin tug'ilgan bolalar maydonga tushishi mumkin. Osiyo kubogi mezboni Xitoy saralashda ishtirok etmaydi. Guruhlar quyidagicha ko'rinish olgan.




A guruhi - Vetnam (mezbon), Suriya, Guam, Bangladesh, Butan.
B guruhi - Xitoy Taypeyi (mezbon), O'zbekiston, Kambodja, Bahrayn, Nepal.
C guruhi - Quvayt (mezbon), BAA, Janubiy Koreya, Livan, SHimoliy Mariana orollari.
D guruhi - Saudiya Arabistoni (mezbon), Avstraliya, Afg'oniston, Makau, Falastin.
E guruhi - Tojikiston (mezbon), KXDR, Malayziya, Ummon, SHri Lanka.
F guruhi - Indoneziya (mezbon), Yaman, SHarqiy Timor, Maldiv.
G guruhi - Laos (mezbon), Eron, Mo'g'uliston, Hindiston.
H guruhi - Tailand (mezbon), Iroq, Filippin, Bruney.
I guruhi - Qirg'iz Respublikasi (mezbon), Yaponiya, Myanma, Turkmaniston.
J guruhi - Qatar (mezbon), Iordaniya, Singapur, Gonkong.




B guruhida o'yinlar 21 sentyabr kuni start oldi va 29 sentyabr kuni oxirgi tur uchrashuvlari o'tkaziladi.

21 sentyabr. 1-tur

Nepal - Kambodja 1:4
Xitoy Taypeyi - Bahrayn 0:1

23 sentyabr. 2-tur

Kambodja - O'zbekiston 0:7
Nepal - Xitoy Taypeyi 3:1

25 sentyabr. 3-tur
O'zbekiston - Nepal
Bahrayn - Kambodja

27 sentyabr. 4-tur

Bahrayn - Nepal
Xitoy Taypeyi - O'zbekiston

29 sentyabr. 5-tur
O'zbekiston - Bahrayn
Kambodja - Xitoy Taypeyi




Guruhdagi barcha uchrashuvlar Fu Jen Universitet stadionida bo'lib o'tmoqda. Ko'rib turganingizdek, guruhimizdagi asosiy raqib - Bahrayn. Va katta ehtimol bilan guruh g'olibi masalasi 29 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston - Bahrayn bahsidan so'ng hal bo'ladi. Ungacha Bahrayn ochko yo'qotib, biz hamma o'yinlarda zafar quchsak, unda oxirgi turning ahamiyati qolmaydi. SHunday ekan, buyog'iga yigitlarimizga faqat omad tilab qolamiz.


X.Xoliqov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика