So’nggi yangiliklar

14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  1 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  6 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  8 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2

Sanjar Tursunov: "Yurakdan va chin dildan harakat qilsa, mundial chiptasini qo'lga kiritish mumkin" Yangiliklar

Sanjar Tursunov: "Yurakdan va chin dildan harakat qilsa, mundial chiptasini qo'lga kiritish mumkin"

Yaqindagina yangi hayotga qadam qo'ygan O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov JCH-2018 saralash bosqichi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Terma jamoaning har galgi yig'iniga tashrif buyurayotganimizda albatta xursand bo'lamiz. Anchadan beri ko'rmagan o'rtoqlarimiz bilan ko'rishdik, ular bilan diydorlashamiz. Doimgidek terma jamoada muhit alo darajada. Endi barcha diqqat-etiborimiz Jahon chempionatining ikkinchi saralash bosqichiga qaratiladi. Xudo xohlasa ushbu bosqichdan o'tib olsak, yana o'z yo'nalishimizda davom etamiz. Hozirgi asosiy maqsadimiz avvalo guruhda birinchi o'rinni qo'lga kiritish. Barcha-barchaning istagi va orzusi bu mundialga yo'l olish. Yurakdan va chin dildan harakat qilsa, ushbu marrani zabt etsa bo'ladi. Oldimizda turgan har ikkala o'yinda kerakli natijalarni qo'lga kiritishimiz lozim. Yaqinda oila qurdim va yangi hayotga qadam qo'ydim. Har doim hayotda yangi voqealar, yangi rejalar bo'ladi. Xudoga shukur uylanib oldim. Endi bo'ynimdagi masuliyat yanada ortadi va buni his etib turibman. Terma jamoamiz bilan Eron va KXDRga qarshi o'yinlarda 100 foizlik natijani qayd etib, muxlislarni xursand etish va keyingi o'yinlarga ham puxta tayyorgarlik ko'rish", - deya fikrlarini bildirib o'tdi Sanjar Tursunov.

Klubdagi faoliyati haqida:

- O'ylashimcha, keyingi mavsumni ham "Vorskla" jamoasi safida o'tkazsam kerak. Hozirgi kunda bu narsa 95 foizga hal bo'lib turibdi.  Keyingi mavsumdan etiboran Evropa ligasida ishtirok etamiz. Ushbu oy so'nggida klubga borib qo'shilaman va barcha masala o'shanda uzil-kesil hal bo'ladi. Ayni paytda esa bu haqida o'ylayotganim yo'q. CHunki bor etiborim terma jamoa ishtirokidagi o'yinlarga qaratilgan.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика