Sanjar Quvvatov "Mashal" bilan shartnomani uzaytirdi
22 noy 2013 11:23
Yangiliklar


Sanjar Quvvatov "Mashal" bilan shartnomani uzaytirdi
Birinchi ligadan oliy ligaga qaytgan “Mashal” jamoasi futbolchilari ayni paytda o'z uylarida dam olishyapti.
Klub rahbariyati esa bundan foydalangan holda o'yinchilar bilan shartnoma masalasini ko'rib chiqmoqda.
Klub bosh direktori Ilhom Qurbonovning malum qilishicha, to'rt nafar futbolchi bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi. Xususan, SHerzod Fayziev shartnomasini yana ikki yilga cho'zdirgan bo'lsa, Jamshid Hasanov, Mirzohid G'ofurov hamda Sanjar Quvvatov yana bir yillik bitimga imzo chekishdi. Bundan ko'rinib turibdiki, bu fubolchilarning kelasi yilni yana “gazchilar” safida boshlashi aniq.

Fikrlar