Santush: "Eronga qarshi o'yinda ham shunday o'ynashimiz kerak"

Mirjalol Normatov
20 iyun 2018, 21:55
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush JCH-2018ning 2-turi doirasida Marokash ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Marokash yaxshi himoyalandi, raqib tarkibida tezkor va texnik futbolchilar juda ko'p. Biz buni bilardik, shu boisdan o'yinning boshidanoq bosim uyushtirish kerakligini tushundik. O'yin qiyin bo'ldi. Bahsning borishi Ispaniya bilan o'yin kabi bo'ldi. O'yinning dinamikasi past bo'ldi, ko'plab vaziyatlarda to'pni yo'qotdik. Goldan keyin himoyaga katta e'tibor berdik va to'pni o'zimizda ushlashga harakat qildik.

Asosiysi, Eronga qarshi bahsga qadar bizda to'rt ochko bor. Ispaniyaning Eron bilan o'yinda qanday natija qayd etishidan qati nazar, ularga qarshi ham shu kabi o'yin ko'rsatishimiz lozim. Marokashdan boshqa barcha jamoalarda pley-offga chiqish uchun imkoniyatlar etarlicha. Biz keyingi bosqichga chiqib olaylik. Shundan keyin vaziyatga qaraymiz", - dedi Santush.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fifa.com