“Santos” prezidenti: “U qaytaman deb aytgan” Yangiliklar

“Santos” prezidenti: “U qaytaman deb aytgan”

“Santos” rahbari Andres Rueda PSJ forvardi Neymar haqida gapirdi.

“Neymarning otasi bilan tez-tez ko'rishib qolaman, u bilan gaplashib turamiz. PSJdaligiga qaramay, “Santos”ning eshiklari u uchun doimo ochiq. Orzu qilib ko'ramiz.

Neymar ketayotganida qaytib kelishini aytgandi. Buni amalga oshirish qiyinligini bilamiz. Biroq, hech bo'lmaganda bunga harakat qilib ko'rishim kerak bo'ladi”, deydi prezident.

Eslatib o'tamiz, 2009-2013 yillar davomida “Santos” sharafini himoya qilgan. Oxirgi xabarlarga ko'ra, 30 yoshli o'yinchining PSJ bilan shartnomasi avtomatik tarzda 2027 yilga qadar uzaytirildi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика