Sanjar Tursunov: "Lokomotiv"ga qarshi o'yin oson bo'lmasligini oldindan bilardik"
27 avg 2019 14:14
Yangiliklar
Sanjar Tursunov: "Lokomotiv"ga qarshi o'yin oson bo'lmasligini oldindan bilardik"
"Bunyodkor" - "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Sanjar Tursunov o'z fikrlarini bildirdi.
"O'ylashimcha durang adolatli bo'ldi. Ikki jamoada ham ko'p imkoniyat bo'ldi. Uyda g'alaba qozonishni istagandik.
O'zbekistonga qaytganimdan xursandman. O'z muxlislarimiz oldida o'ynash menga yoqadi.
"Lokomotiv" amaldagi O'zbekiston chempioni. Bugun hech kim oson o'yin bo'lishini kutmagandi. Bu jamoa safida terma jamoa azolari bor, kuchli klub.
Maydon 70 foizga tayyor, ammo yana 30 foiz ham bo'lsa yaxshi bo'lardi. Bizning o'yin uslubimiz ko'p paslarga qaratilgan, shu bois maydon juda muhim ahamiyatga ega", - deydi Sanjar Tursunov.
Malumot uchun, Tursunov mazkur bahsda penaltidan gol urib jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
Jahongir Fayzullaev yozib oldi
Fikrlar