Sanjar Tursunov: "Faoliyatimni hali tugatganim yo'q"
30 noy 2024 11:35
Yangiliklar
Sanjar Tursunov: "Faoliyatimni hali tugatganim yo'q"
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov Superliga tugashiga bir nechta tur qolganda jamoani tark etdi.
Bu borada ko'plab taxminlar, mulohazalar yangradi. Barchasiga aniqlik kiritish uchun futbolchi bilan bog'landik.
"Lokomotiv"dan ketganim rost. Faoliyatimni esa hali yakunlaganim yo'q",- deydi Sanjar Tursunov.
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Tursunov joriy mavsum Superligada 20ta bellashuvda maydonga tushgan va bitta gol urib, 5ta assist bergan.
Fikrlar