Sanjar Tursunov 2024 yilni "Lokomotiv" safida boshlaydi
30 dek 2023 14:23
Yangiliklar
Sanjar Tursunov 2024 yilni "Lokomotiv" safida boshlaydi
OKMK bilan xayrlashgan tajribali futbolchi "Lokomotiv" safiga qo'shildi.
Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning xabar berishicha, Sanjar Tursunov keyingi faoliyatini sobiq jamoasi "Lokomotiv"da davom ettiradi.
37 yoshga to'lgan Tursunov o'tgan mavsum OKMK tarkibida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 7 ta golli pasga mualliflik qildi.
Yarim himoyachi faoliyati mobaynida Rossiyaning "Irtysh-1946", "Volga", "Alaniya", "Gazovik", Urainaning "Vorskla", Qatarning "Umm Salal", "Al Xaritiyat", Koreyaning "Tedjon Sitizen", O'zbekistonning "Lokomotiv", "Bunyodkor" va OKMK jamoalarida to'p tepgan.
Fikrlar