So’nggi yangiliklar

13:33"Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабони таълим грантига лойиқ кўрилди  0 13:08"Барселона" собиқ футболчиси Мемфис Депай ноодатий сабабга кўра Нидерландия терма жамоаси ўйинини ўтказиб юборади  3 12:39Капелло Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинлангани ҳақида фикр билдирди  15 12:18"Манчестер Юнайтед" яна бир дарвозабон олиб келмоқчи  0 11:51U-20 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон иштирок этмаётган Чилидаги кичик мундиал қандай ўтмоқда?  2 11:30"Янги аср феномени": Жейми Каррагер Ҳоландни АПЛнинг энг яхши тўпурари деб атади  1 10:49ФИФА кунлари бошланди. Миллий жамоа Кувайт ва Уругвайга қарши. Қолган ёш тоифасидаги терма жамоаларимиз кимлар билан ўйнайди?  6 10:48Жеррард мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  2 10:24ОФК ЎФАни катта миқдорда жаримага тортди  31 10:23"Бавария" Англия терма жамоаси футболчиси билан музокараларни бошлади  1 09:56Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаваронинг тайинланиши ҳақида: "Ассоцация қандай мезонларга таянганини билмайман"  24 09:20Туркиялик футболчининг трансфер нархи 80 миллион евро этиб белгиланди  1 08:59ФИФА президенти яна бир бор Ўзбекистон ҳақида фикр билдирди  3 08:15"Челси" январда 50 миллион фунтлик трансферни амалга оширмоқчи  0 07:45Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаварони терма жамоаси устози бўлгани ҳақида фикр билдирди  7

Sanjar SHoahmedov: "Terma jamoadan taklif har qanday vaziyatda tushishi mumkin. Klubim bilan shartnomam tugamoqda. Faoliyatimni O'zbekiston yoki xorijda davom ettiraman" Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov: "Terma jamoadan taklif har qanday vaziyatda tushishi mumkin. Klubim bilan shartnomam tugamoqda. Faoliyatimni O'zbekiston yoki xorijda davom ettiraman"

Hamyurtimiz Sanjar SHoahmedov to'p tepayotgan Malayziyaning Terengganu jamoasi mamlakat Superligasining 10-turida safarda "Felda Yunayted" jamoasi mehmoni bo'ldi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda «Terengganu» yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi va bronza medallari uchun katta qadamni tashladi. Ushbu bahsda o'zbekistonlik yarim himoyachi Sanjar SHoahmedov jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi va bu mavsumdagi beshinchi golini urdi. Yana bitta turdan so'ng chempionat bahslari o'z yakuniga etadi. Malumot o'rnida navbatdagi turda SHoahmedovning jamoasi «Paxang» bilan to'qnash keladi. Biz esa "Felda Yunayted" bilan uchrashuvdan so'ng Sanjar SHoahmedovni suhbatga chorladik. 

- Avvalambor qo'lga kiritilgan muhim g'alaba bilan tabriklaymiz. Raqib "Felda Yunayted" jamoasi turnir jadvalining so'nggi pog'onasida ketayotgan edi. «Terengganu»ga eng yaqin taqibchi bu «Kedax» hisoblanadi. Umuman chempionlikdan tashqari qolgan o'rinlarga kurash ohirgi turga qadar davom etishini kutishimiz mumkin. Dastlab, "Felda Yunayted" bilan kechgan o'yin haqida taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz... 

- Biz uchun juda muhim o'yin edi. Jamoamiz bilan mavsumni uchinchi o'rinda tugatishga harakat qilyapmiz. Bu o'yindagi g'alaba bizga bronza medallariga ega chiqishimiz uchun katta imkoniyat berardi. Umuman olganda qiziqarli o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Mavsum tugashiga bir tur qoldi. Barchasi oxirgi turda hal bo'ladi. 

- Ko'rib boryapmiz, aksariyat uchrashuvlarda uzoqdan zarba berib raqib darvozasini ishg'ol qilyapsiz. "Felda Yunayted" bilan o'yinda ham shunga o'xshash gol urdingiz. Bu murabbiyning ko'rsatmasimi yoki mashg'ulotlarda ishlangan uslubmi?

- Golga keladigan bo'lsam, burchakdan jamoadoshim to'pni oshirdi. Buni oldindan bilar edim. CHunki, o'yindan oldin murabbiyimiz burchak zarbalarini ijro etadigan futbolchiga to'pni menga oshirish kerakligini takidlagandi. Qaysidir manoda murabbiyimizning taktikasi desam ham o'rinli bo'ladi. Murabbiyning taktikasi ish berdi.   

- Malayziyada mavsum yakunlanmoqda. Klubingiz bilan shartnomangiz qanday? Boshqa jamoalardan ham takliflar tushyaptimi?

- Ha, «Terengganu» bilan shartnomam tugamoqda. Mavsum yakunlanish arafasida turibdi, shartnomam dekabrda o'z yakuniga etadi. Takliflar bor, Malayziyaning o'zidan ham 2-3 ta jamoalardan chorlovlar kelib tushyapti. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Hozir biror narsa deya olmayman.


- O'zbekistonga qaytish rejangiz bormi yoki faoliyatingizni xorijda davom ettirasizmi?

- Hozirgi klubim ham yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda, mening rejalarim bilan ham qiziqmoqda. Lekin, shoshilmaslikni joiz deb bilaman. Boisi, boshqa chempionatlardan ham takliflar bor. Faoliyatimni xorij chempionatlarida davom ettirishga harakat qilaman. Yana qaytaraman hammasini vaqt ko'rsatadi. O'zbekistonga ham qaytishim mumkin yoki aksincha. Hammasi xudodan. 

- Legioner sifatida Malayziya chempionatida qay darajada o'sishga erisha oldingiz?

- Jamoam safida ko'plab gollar urdim, jamoadoshlarimni gollariga assistentlik qildim. Ikki yil ichida katta taassurotlarga ega bo'ldim. Bir qator kuchli legionerlar bilan to'p tepdim. Klubda barcha sharoitlar yaratib berilgan. Hammasi zo'r bo'ldi.

- O'zbekiston milliy terma jamoasining oktyabr oyidagi yig'iniga xorijda to'p tepayotgan bir nechta futbolchilarimiz chaqirildi. Sizni esa oxirgi marotaba Ektor Kuper davrida terma jamoada ko'rdik. Taklif olmayotganingizdan xafa bo'lish yoki ranjish holatlari bo'lmadimi?

- Bu borada muammo yo'q. Aslo xafa emasman. Hamma narsani vaqti bor. O'z harakatlarim bilan milliy jamoaga qaytishga harakat qilaman. Hammasi o'z qo'limda. Milliy jamoadan har qanday holatda taklif tushishi mumkin. 

- Sobiq jamoangiz «Lokomotiv» ikkinchi davrani juda yaxshi boshladi. Bu murabbiy Timur Kapadzening kelishi bilan bog'liqmi?  Jamoa avvalgidek kuchli pressing va kombinacion futbol ko'rsatmoqda...

- Oxirgi to'rtta turni kuzatdim. Timur Kapadze kelgach jamoaning o'yinida ijobiy tomonga o'zgarishlar yuz bermoqda. Jamoa chiroyli futbol ko'rsatmoqda. G'alabalarda va jamoaning o'yinida murabbiyning ishi borligi ko'rinib turibdi. Avvalgi pressing, paslar bilan harakat qilish, kombinaciyalar qaytdi. Birinchi davraga qaraganda sezilarli darajada o'zgardi.

- Bugungi kunda Malayziyada pandemiyadan so'ng hayot qanday kechmoqda, aholi turmush tarzida qanday o'zgarishlar bor?

- Ko'z tegmasin bu erda karantin ancha yumshatildi. Barcha xizmat ko'rsatish sohalari faol ishlamoqda. Vaziyat ancha yaxshi, kasallik ham ko'p emas. 

- Futbolda natija asosiy o'rinda turadi. Jamoangiz qayd etayotgan natijalardan klub rahbarlari qoniqish hosil qilyaptimi?

- Malayziyada ko'p jamoalar yuqori o'rinlar sari intilishadi va kurashishadi. Natijalar yaxshi, rahbarlar ham qoniqmoqda. Futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Qo'llab-quvvatlab turgan barcha o'zbekistonlik muxlislarga rahmat aytib qolaman. Sog'lik va salomatlik tilayman!                                             

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика