So’nggi yangiliklar

00:23Франция. ПСЖ - "Тулуза" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  11 23:52Бундеслига. "Бавария" - "Аугсбург" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  0 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  6 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  0 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бурдиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  12 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 20:21"Пахтакор" 8 йил олдинги антирекордини такрорлади  2 20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  22 20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  2

Sanjar Rihsiboev: “Bunyodkor” akademiyasida tahsil olganman” Yangiliklar

Sanjar Rihsiboev: “Bunyodkor” akademiyasida tahsil olganman”

Ilk bor Jizzaxning “So'g'diyona” klubi safida oliy ligada debyut qilgan Sanjar Rihsiboev o'tgan yilgi mavsumning ikkinchi yarmini Toshkentning “Obod” klubida o'tkazdi.

SHu vaqtda Rihsiboevga oliy ligamizning bir qator klublaridan qiziqishlar paydo bo'ldi. Bular orasidan “Olmaliq” klubi futbolchi bilan jiddiy qiziqib qoldi. Toshkentning “Obod” klubi o'z faoliyatini to'xtatishi haqida gap-so'zlar urchigan bir paytda Sanjarga “Olmaliq”dan taklif tushdi va futbolchi “Olmaliq” klubiga ko'chib o'tdi. Biz Sanjar Rihsiboev bilan uchrashib undan faoliyati va futbolga kirib kelishi haqida suhbatlashdik.

-  Kuni kecha Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi bahs olib bordingiz. Bilamizki oliy ligadagi debyut uchrashuvingizni aynan “So'g'diyona” klubida o'tkazgansiz. Sobiq jamoangizga qarshi bahs olib borish siz uchun qanday bo'ldi?

-  Avval Jizzaxning “So'g'diyona” klubida bir yarim yil faoliyat olib borganman. “Olmaliq” tarkibida ushbu jamoaga qarshi qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Birinchi davrada “Obod” klubida to'p tepgan futbolchilarning aksariyati “So'g'diyona” klubiga ko'chib o'tishgan. Misol uchun, SHerzod Jalilov, Sardor Qahhorov, G'ayrat Umirov, mana shu futbolchilar bilan birinchi davrada bir jamoa sharafini himoya qilganmiz. Ushbu jamoa istagan raqibga bosh og'riq tug'dirishi mumkin.


-  “Obod” jamoasining avvalgi tarkibi tarqalib ketganidan afsuslandingizmi?

-  Bir jamoada elkama-elka turib klub sharafini himoya qilganimiz. O'sha tarkib tarqalib ketganidan so'ng albatta afsuslandim. Faqat men emas o'sha jamoada faoliyat olib borgan barcha futbolchilar afsuslandi desam mubolag'a bo'lmaydi. Nima ham derdim, yangittan tashkil etilgan “Obod” jamoasiga omad tilayman.

-  “Olmaliq” jamoasiga ko'chib o'tishingizdan oldin Muborakning “Mashal” klubi bilan og'zaki kelishuvga erishganingizni o'z intervyuingizda aytgandingiz. “Olmaliq” jamoasiga o'tishingiz qanday amalga oshdi?

-  To'g'risini aytsam ota-onam bilan ham bu haqida gaplashib maslaxatlashmagandim. Oila azolarim  bilan maslaxatlashmasdan “Mashal” bilan og'zaki kelishuvga erishgandim. “Olmaliq” jamoasi qishki yig'inda ham menga taklif bilan chiqqandi. “Obod” jamoasi yopilishi haqidagi xabardan so'ng “Mashal” jamoasi menga taklif bilan chiqdi. Muborakliklar tarkibigi o'tishim deyarli aniq bo'lib turganda “Olmaliq” menga shartnoma taklif qildi. Bu erda pul haqida gap bo'lishi mumkin emas. Men futbol o'ynashim kerak. Faoliyatimni to'g'ri yo'lga qo'yib olishim kerak. “Olmaliq” jamoasiga o'tishimni oilam istadi.


-  “Olmaliq” va “Mashal” jamoalaridan tashqari yana boshqa klublar ham sizga taklif bildirishganmi?

-  Boshqa jamoalar men bilan qiziqishgandir, lekin jiddiy taklif bilan chiqishmagan.

-  Sanjar ayni damda “Olmaliq” jamoasida to'p tepyapsiz. Futbolga kirib kelishingizga kim sababchi bo'lgan?

-  Futbolga kirib kelishimga yoshlikdagi do'stim sababchi bo'lgan. Mahallada to'p tepib yurgan kezlarim otasi bilan oldimga kelgan va futbol to'garagiga borishga undagan. Birinchi marotaba rad javobini berganman. Adashmasam o'shanda 9 yoshda edim. O'sha do'stim ham futbol to'garagiga qatnashar edi. Afsuski o'zi futbolchi bo'la olmadi. U sababli men futbolchi bo'lib etishdim. Ilk bor BO'SM-16 jamoasiga borganman. Birinchi murabbiyim Ravil Inomov bo'lgan. Futbol sir-asrorlarini mana shu murabbiy qo'l ostida o'rganganman. Bu erda bir yildan biroz ko'proq vaqt shug'ullanganman. SHundan so'ng “Quruvchi” klubiga borganman. O'sha paytdagi “Quruvchi” jamoasi hozirgi kunda “Bunyodkor” klubi hisoblanadi. “Quruvchida” Bahodir aka Usmonov, Doniyor aka Nortojiev, Aleksandr Volkov, Baxtiyor aka Ashurmatov va Sergey Lushan qo'l ostida mashg'ulot o'tkazganman. Oradan vaqt o'tgandan so'ng “Bunyodkor” yoshlar jamoasiga o'tganman. U erda Hikmat aka Ergashev va Murod aka Otajonovlar qo'l ostida shug'ullanganman. SHundan so'ng Jizzaxning “So'g'diyona” klubiga meni Davron Fayziev taklif qildi. Buning uchun ularga alohida minnatdorchilik bildiraman. “So'g'diyona” jamoasida oliy ligada debyut uchrashuvimni o'tkazganman. O'tgan yili ikkinchi davrada “Obod” jamoasiga ko'chib o'tdim. Ayni damda “Olmaliq” jamoasi sharafini himoya qilyapman. “Obod” jamoasida biroz bo'lsa ham nomimiz chiqdi.

-  Futbolchi bo'lmaganingizda qaysi kasb sohasini tanlagan bo'lardingiz?

-  Kino aktyor bo'lardim. CHunki yoshligimdan Ulug'bek Qodirov ishtirokidagi filmlarni ko'p tomosha qilardim.

-  Professional futbolchisiz. O'zingizga qo'yib berishsa qaysi jamoada faoliyatingizni davom ettirgan bo'lardingiz?

-  To'g'risini aytsam, “Bunyodkor” va “Nasaf” jamoasida to'p tepishni istardim. “Paxtakor” jamoasida kim faoliyat olib borgisi kelmaydi deysiz?


-  Ko'p futbolchilar yoshligida boshqa chiziqda harakat qilishadi va ulg'aygandan so'ng o'z poziciyasini o'zgartirishadi. Sizda ham shunday holat yuz berganmi?

-  Albatta, menda ham shunday holat bo'lgan. Avval markaziy himoya chizig'ida harakat qilganman. Yarim himoya chizig'iga o'tishimga Sergey Ivanovich Lushan sababchi bo'lgan.

-  Oldimizda turgan Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvlar oldidan qanday fikr bildirasiz?

-  Birinchi navbatda Xitoyga qarshi uchrashuv haqida o'ylashimiz kerak. Ushbu jamoani mag'lub etgandan so'ng Janubiy Koreya terma jamoasi haqida gapirsa bo'ladi. Meni fikrimcha ikki uchrashuvda ham g'alaba qozonamiz va mundial yo'llanmasini qo'lga kiritamiz.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика